Ko‘mir ishlab chiqarish tarmog‘ini yanada rivojlantirish

02/02/2018 - 18:43 36602

Bugun yurtimizda demografik o‘sish hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi sabab  ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan talab tobora oshib bormoqda. Aytish joizki, 2017-yilda respublikada ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan talab 4,8 mln. tonnani tashkil etgan va bu ehtiyoj to‘liq qoplangan edi.

Ko‘mir tarmog‘i korxonalarini barqaror va muvozanatli taraqqiy ettirish, ustuvor investitsiya loyihalarini tezlashtirilgan holda amalga oshirish, ko‘mir va ko‘mir mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmini oshirishni ta'minlash maqsadida, iqtisodiy sektor, ijtimoiy soha tarmoqlari va aholining kelgusidagi talablari inobatga olingan 2017-2021-yillarda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi tasdiqlangan.

Rivojlantirish dasturi tarmoqni modernizatsiyalash orqali uning mavjud imkoniyatlarini oshirish bilan birga, yangi qurilishni ham o‘z ichiga olgan. Mazkur dasturga binoan, 2021-yilga kelib yurtimizda ko‘mir qazib olish hajmi 2017-yildagi 4,0 mln. tonnaga nisbatan 11,1 mln. tonnani tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati