Iqtisodiyot vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

06/09/2017 - 18:22 8262

Joriy yilning 5 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida «Uoll Strit Djournal» jurnalining muxbiri Yaroslav Trofimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida muxbir 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada  rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasiga binoan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, bunyodkorliklar bilan tanishtirildi.

Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova tomonidan mamlakatimiz sanoatidagi tarkibiy o‘zgarishlar, qishloq xo‘jaligi, soliq tizimi, bojxona va valyuta sohasida hamda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining yaqin va uzoq qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalarining bugungi holati va istiqboldagi hamkorliklari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.

Ma'lumki, kuniga 1,2 million nusxada chop etiladigan va oyiga 42 million internet-o‘quvchilariga ega bo‘lgan «The Wall Street Journal» Amerikaning eng yirik va nufuzli nashrlaridan biri sanaladi. Unda, siyosat, iqtisodiyot, moliya, madaniyat yangiliklariga doir tahliliy materiallar berib boriladi.