Bozor talablari asosida
13/06/2017 - 11:51 7468
Samarqand shahridagi «Net Product Lux» mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar asosida kir yuvish kukuni, sovun, idish va oyna tozalash vositalari ishlab chiqarish hamda kimyoviy tozalash shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning ikkinchi choragidan bu yerda mehmonxonalarda foydalaniladigan poyabzal va xalatlar ishlab chiqarish sexi ham ish boshladi.
— Yurtimizda turizm sohasi rivojlanib borayotgan bugungi kunda mehmonxonalarda sanitariya-gigiyena talablaridan kelib chiqqan holda bir marta foydalaniladigan narsa-buyumlarga talab ortmoqda, - deydi korxona rahbari Xurshid Rajabov. — Bunday mahsulotlar asosan xorijdan keltiriladi. Korxonada yangi yo‘nalish tashkil etishdan maqsad import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni buyurtmachilarga yetkazishdir. Yangi sexda 15 ish o‘rni yaratildi.
«Net Product Lux» mas’uliyati cheklangan jamiyatida kelgusida mehmonxonalar uchun choyshab va sochiq ham ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.
Manba: O'zA