Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istambul Harakatlar rejasi Nizomi masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

26/05/2017 - 15:56 29922

Bugun Iqtisodiyot vazirligida “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istambul Harakatlar rejasi Nizomi, uning milliy qonunchilik me'yorlariga ta'siri” deb nomlangan o‘ta dolzarb mavzuga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlik va tizimdagi tashkilotlar xodimlari faol ishtirok etdilar.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining mutaxassis-xodimlari o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdilar.

     

Ma'ruza so‘nggida ko‘rib o‘tilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi va ishtirokchilarning fikr va takliflari eshitildi.

Vazirlik Axborot xizmati