OAV vakillari bilan uchrashuv
11/05/2017 - 09:51 7353
Kecha O‘zbekiston Milliy matbuot markazida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlari rahbarlarining respublika ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi A.Xo‘jayev moderatorlik qildi.
Suhbat chog‘ida davlat organlari bilan ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi munosabatlarni qanday qilib yangi pog‘onaga ko‘tarish, kerak bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z vaqtida yetkazish va boshqa shu kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvning formati har ikkala tarafga ma'qul kelib, kelgusida bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazib turish kelishib olindi.
Axborot xizamti