Sertifikat topshirildi

26/09/2016 - 11:15 11062

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25-avgustdagi PQ-451-sonli “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator bayonlari ijrosini ta'minlash maqsadida, turli davlat idoralari, muassasalari qatorida Iqtisodiyot vazirligining ikki nafar xodimi ham joriy yilning 19 sentyabridan boshlab, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazida o‘tkazilayotgan 32 soatlik dastur asosida malaka oshirish o‘quv kurslarida ishtirok etishdi.

O‘quv kurslarida asosan: ma'naviyat tushunchasi, ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga doir me'yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati; ma'naviyat rivojida adabiyot va san'atning o‘rni; huquqiy demokratik jamiyat barpo etishda huquqiy madaniyatning o‘rni; “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” hamda “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodat” asarlarining mazmun-mohiyati; O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchliksevar siyosati; globallashuv, ma'naviy tahdidlarni oldini olishda, milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishning ilmiy-amaliy asoslari; diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat uchun xavfi; shaxs va boshqaruv psixologiyasi; “ommaviy madaniyatning jamiyatga salbiy ta'siri; kabi mavzularda respublikaning yetakchi mutaxassis va olimlari, notiqlari qiziqarli ma'ruzalar qilishdi. Ayniqsa ma'ruzachilarning o‘quv treninglarda multimediya vositalaridan samarali foydalanishlari tinglovchilarda yorqin taassurot qoldirdi. Shuningdek, o‘quv kurslari jarayonida Ma'naviyat markazi rahabariyati tomonidan tashkil etilgan Toshkent politexnika muzeyiga sayohat ham tinglovchilarning bu boradagi  bilim va tasavvurini boyitdi.

O‘quv kurslari yakunida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi rahbariyati tomonidan malaka oshirgan tinglovchilarga “Ma'naviyat targ‘ibotchisi” ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalish bo‘yicha 32-soatlik o‘quv kursini tugallaganligi haqida sertifikatlar topshirildi.

Vazirlik Axborot xizmati