Trening o‘z ishini boshladi
15/09/2016 - 11:14 7533
Avval xabar berganimizdek, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida energiya samaradorligi sohasida tog‘-kon va metallrugiya, neft-gaz va kimyo tarmoqlari mutaxassislarining salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan ikki haftalik treningning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari D.Turdiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining rektori M.Aliyev ishtirok etdilar.
Ochilish marosimining dastlabki nazariy qismida xalqaro ekspertlar - professor I.Rabyas, professor N.Orfanudakis va N.Klimenkolar tinglovchilarga o‘z ma'ruzalarini taqdim etdilar.
Eslatib o‘tamiz, ushbu trening mahalliy sanoatning asosiy sohalarida band bo‘lgan korxonalar vakillari uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan xalqaro ekspertlar ishtirokida Jahon banki guruhi bilan qo‘shma loyha doirasida tashkil etilgan.
Vazirlik Axborot xizmati