O‘zbekiston mustabidlik va mustaqillik yillarida

08/06/2016 - 10:49 18628

Hayot tajribasidan ma’lumki, yaxshilik bilan yomonlik, oq bilan qora, baxt va fojia... yaqin o‘tmish bilan bugungi hayot bir-biriga taqqoslanganda ular o‘rtasidagi farq kengroq, aniqroq va ravshanroq ko‘rinadi. Bugungi yorug‘ kunlarning, mustaqillikning qadr-qimmati, imkoniyatlari va ne’matlari mohiyatini yanada teranroq, chuqurroq anglaymiz. Ayniqsa, kechagi kunlarni ko‘rmagan, bilmagan yoshlar uchun bu qiyoslar o‘ziga xos saboq bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorida ham istiqlol yillarida, tarixan qisqa davrda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarimizni aniq misollar asosida ko‘rsatib berish ta’kidlangan. Barcha sohalarda beqiyos yutuqlarga erishildi, bunyodkorlik bobida amalga oshirilgan buyuk ishlar iqtisodiy salohiyatimiz, kuch-qudratimiz, yuksak madaniyatimizni dunyoga namoyon etib turibdi. Kecha qarovsiz yotgan hududda, ko‘rimsiz, nochor binolar o‘rnida bugun qad rostlagan muhtasham uylar, sport va san’at saroylari, o‘quv yurtlarining zamonaviy binolari kishiga g‘urur bag‘ishlaydi.

Xalqimizda ming marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzal, degan hikmat bor. Suratlar aldamaydi, yolg‘on gapirmaydi, yaxshimi, yomonmi, go‘zalmi, xunukmi, obodmi, vayronmi, bor narsani boricha aks ettiradi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan gazetamizda bugundan boshlab, yurtimizdagi shahar va qishloqlarning mustabidlik davridagi ahvoli va mustaqillik yillaridagi ko‘rki haqida hikoya qiluvchi suratlarni qiyosan yoritib borishni rejalashtirdik.

Bugungi suratlar mavzusi «Toshkent shahri mustabidlik va mustaqillik yillarida» deb ataladi. Bu suratlarni ko‘ring, fikrlang va xulosa chiqaring.

 

TOSHKENT: KECHA VA BUGUN

      

Toshkentning sobiq Markaziy maydoni «Mustaqillik maydoni» deb ataldi va tubdan qayta qurildi.

 

     

Bu binolar o‘rnida «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyi.

 

      

Navoiy ko‘chasi yaqin o‘tmishda va bugun.

 

              

Sobiq MHSKning ko‘rimsiz stadioni o‘rnida barpo etilgan mahobatli va go‘zal «Bunyodkor» stadioni.

 

       

 Cho‘pkari va guvaladan iborat uylar... Eng zamonaviy koshonalardan biri Interkontinental Toshkent mehmonxonasi.

 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi hamda Kinofotofond hujjatlari Markaziy davlat arxivi suratlaridan foydalanildi.

"O'zbekiston ovozi" ijtimoiy-siyosiy gazetasi