Iqtisodiyot vazirligida bo‘lib o‘tadigan kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi haqida
22/04/2016 - 15:23 8136
2016 yil 27 aprel kuni Iqtisodiyot vazirligida kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Hay'at yig‘ilishida vazir hamda uning o‘rinbosarlari, Hay'at a'zolari, bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari hududlarini kompleks rivojlantirish Yig‘ma boshqarmalari rahbarlari ishtirok etadilar.
Hay'at yig‘ilishi Kun tartibi:
“2016 yilning birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, joriy yilda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda respublika hududlarini yanada barqaror rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha Iqtisodiyot vazirligi oldida turgan eng muhim vazifalar to‘g‘risida”.
Yig‘ilishda 2017 yilga asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ishlab chiqishning tashkiliy choralari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 fevraldagi PQ-2495-sonli va 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-sonli qarorlarini amalga oshirish masalalari, shuningdek meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirishga oid chora-tadbirlar muhokamasi rejalashtirilgan.