Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda
13/01/2016 - 10:18 7401
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yiliga 3,0 ming tonna paxta tolasini qayta ishlaydigan “Kitob ip-yigiruv” korxonasi ish boshlamoqda. Korxonani ishga tushirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1,2 million AQSH dollari miqdoridagi o‘z mablag‘i hisobidan hamda tijorat bankining 2,8 million AQSH dollari miqdoridagi kreditidan foydalanildi.
Yiliga 2,5 ming tonna ip kalava tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lgan korxonaga Germaniyadan keltirilgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy yuqori texnologik uskunalar o‘rnatildi.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80 foizi xorijiy davlatlarga eksport qilinadi. Bu yerda ishga qabul qilinayotgan 120 nafar ishchi-xodimning aksariyati kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridir.