O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
23/10/2015 - 10:02 9686
LOYIHA
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
QARORI
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2013 yil 15 fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-son qarori (ro‘yxat raqami 2436, 2013 yil 20 mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. Saidova
Toshkent sh., 2015 yil «___»____________ __________________ - son
Moliya vaziri R. Azimov
Toshkent sh., 2015 yil «___»____________ __________________ - son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, ivestitsiyalar va savdo vaziri E. Ganiyev
Toshkent sh., 2015 yil «___»____________ __________________ - son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. Dusanov
Toshkent sh., 2015 yil «___»____________ __________________ - son
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining
2015 yil «____» ___________ ______________-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. Quyidagi tahrirdagi 71-1, 71-2, 71-3, 71-4, 71-5, 71-6, 71-7 pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
71-1 |
8471 50 000 0 (telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetga ulanish uskunalari, serverlar) |
hisoblash mashinalari va ma'lumotlarni qayta ishlash bloklari |
71-2 |
8471 90 000 0 **** |
Hisoblash mashinalari va ularning bloklari; boshqa joyda nomi keltirilmagan yoki kiritilmagan magnit yoki optik o‘qish qurilmalari, ma'lumotlarni axborot tashuvchilariga kodlangan shaklda o‘tkazish mashinalari va shu turdagi axborotlarni qayta ishlash mashinalari |
71-3 |
8517 61 000 9 |
tayanch stansiyalar |
71-4 |
8517 62 000 1, 8517 62 000 9, (telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetga ulanish uskunalari, serverlar, antennalar) |
kommutatsiya qurilmalari, marshrutizatorlar, simli yoki simsiz aloqa tarmoqlarida ulanish uchun shlyuzlar, (masalan, lokal yoki global aloqa tarmog‘ida), tashuvchi chastotada simli aloqa tizimlari uchun yoki raqamli simli aloqa tizimlari uchun apparatura, raqamli uzatish tizimlari, multiplekslash, spektral zichlash uskunalari. (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishni tashkil etish uchun uskunalar; |
71-5 |
8517 70 190 0, 8517 70 900 1 (telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetga ulanish uskunalari, serverlar, antennalar) |
tayanch stansiyalarning boshqa qismlari, boshqa antennalar va antenna qaytargichlari, |
71-6 |
8525 80 190 0 **** |
Televizion kameralar, raqamli kameralar va yozuvchi videokameralar |
71-7 |
8529 10 950 0, 8529 10 800 0 |
barcha turdagi antennalar va antenna qaytargichlari; ushbu jihozlar bilan birga foydalaniladigan boshqa qismlar, antenna filtrlari va ajratuvchi qurilmalar |
2. Quyidagi tahrirdagi izoh bilan to‘ldirilsin:
****) Import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar vazirliklar va davlat qo‘mitalari tomonidan olib kirilayotgan texnologik uskunalarga tatbiq etiladi.
Yuklab olish (o'zb, rus, .pdf, 143,3Kb)