Samarqand viloyatining 2014 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari to‘g‘risida
29/01/2015 - 18:42 13319
2014 yilda belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur'atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va mamlakat iqtisodiyotini raqobatbardoshligini oshirish hamda iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan yangilashni jadallashtirish va ko‘lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga qaratilgan vazifa va tadbirlarning amalga oshirilishi viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
Viloyatda 2014 yilda yalpi hududiy mahsulot 9198,1 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 110,5 foizni (prognoz 109,4 foiz) va aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarilishi 2643,0 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8,4 foizga o‘sdi.
Shuningdek, viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4357,2 mlrd. so‘mni yoki 115,7 %ni, xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish 2837,3 mlrd. so‘mni yoki 117,3 %ni, chakana savdo aylanmasi 4875,3 mlrd. so‘mni yoki 114,9 %ni, kapital qo‘yilmalar 2185,7 mlrd. so‘mni yoki 103,4 %ni, qurilish-pudrat ishlari 1572,6 mlrd. so‘mni yoki 111,2 %ni, yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 4394,1 mlrd. so‘mni yoki 106,9%ni, eksport 271,1 mln AQSH dollarini yoki 105,3 %ni tashkil etdi.
Yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 77,4 %ga (2013 yilga nisbatan 0,3 bandga ko‘p), xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 45,0 %ni (2013 yilga nisbatan 0,5 bandga ko‘p) tashkil etgan.
Yalpi hududiy mahsulotda qishloq xo‘jaligining ulushi 1,3 bandga kamaygan bo‘lsa, sanoatning ulushi 0,7 bandga hamda qurilish sohasining ulushi 0,7 bandga oshgan.