Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan hamkorligi
27/02/2019 - 18:14 19663
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi faoliyati doirasida tegishli xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ygan.
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida boshqaruv xodimlarini tayyorlashda yordam ko‘rsatish bo‘yicha hukumatlararo Bitim (2019 yil)
Mazkur Bitim O‘zbekiston tadbirkorlarining Germaniyadagi korxonalarda 4 haftalik amaliyot o‘tashini ta'minlaydi.
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahat faoliyati to‘g‘risida qo‘shma Deklaratsiya (2019 yil)
Ushbu qo‘shma Deklaratsiyaning maqsadi O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonini va barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashdir.
Ikki tomonlama hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirishga muhim hissa bo‘lib xizmat qiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi o‘rtasida Investitsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma qo‘mitani tashkil etish to‘g‘risidagi Kelishuv (2019 yil)
Ushbu kelishuv investitsiya, texnologik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, Germaniya Federativ Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralari va biznes hamjamiyati o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashni ta'minlaydi.
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan Koreya Respublikasi Moliya va Strategiya Vazirligi o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi anglashuv Memorandumi (2017 yil)
Ushbu Memorandumning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Koreya Respublikasi Moliya va Strategiya Vazirligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda Korea tomonining iqtisodni rivojlantirishdagi keng tajribasini o‘rganib ularni O‘zbekistaonda ham tadbiq etishdir.
Bu Anglashuv doirasida Koreya Respublikasi Moliya va Strategiya Vazirligi qoshidagi Korea Rivojlanish Instituti yordamida O‘zbekiston iqtosodiyotini rivojlantirishga qaratilgan yangi hamkorlik dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Energiyani boshqarish bo‘yicha Koreya korporatsiyasi o‘rtasida Energiya samoradorligi, qayta tiklanuvchi energiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi anglashuv Memorandumi (2014 yil)
Ushbu Memorandumning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida energiya samoradorligi, qayta tiklanuvchi energiya va iqlim o‘zgarishi sohasida dasturlar, loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iborat.
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi o‘rtasida tajriba quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha anglashuv Memorandumi (2014 yil)
Memorandum doirasida Koreya Respublikasining grant mablag‘lari evaziga O‘zbekiston Respublikasi hududida quvvati 130 kVt bo‘lgan tajriba quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ko‘zda tutilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan Latviya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi o‘rtasida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Memorandum (2014 yil)
Ushbu Memorandumning asosiy maqsadi ikki davlat o‘rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi hamorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishdan iboratdir.
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi o‘rtasida Quyosh energetikasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha anglashuv Memorandumi (2013 yil)
Memorandum doirasida tomonlar quyosh energetikasi sohasida o‘zaro tajriba almashish, sohaga ilg‘or hamda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradilar.