Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
07/12/2022 - 12:50 2599
Joriy yilning 6-dekabr kuni Iqtisodiy tarаqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda, Qurilish vaziri o‘rinbosari Shukrullobek Jahongirov, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxo‘jayev, Jahon banki guruhi bilan hamkorlik boshqarmasi boshligi Behzod Hamroyev, Xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha hududlarning master-rejalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish departamenti direktori Sherzod Otaboyev, yer islohotlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Mohir Shagazatovlar ishtirok etishdi.

Mehmonlar tоmonidan, Urbanizatsiya amaliyoti rahbari Kristof Push, ECAning Urbanizatsiya, barqarorlik va yer resurslari boʻyicha global amaliyot mintaqasining shaharsozlik yetakchi mutaxassisi Ellen Hamiltonlar va boshqalar tashrif buyurishdi.
Uchrashuv boshida tomonlar iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha muhim koʻrsatkichlarni muhokama qildilar. Shu bilan birga, tashrifning asosiy mavzusi shaharlardagi qishloq xoʻjaligiga moʻljanlanmagan yerlarni xususiylashtirish va Oʻzbekistonda barqaror urbanizatsiya masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda barqaror urbanizatsiyaning strategik asoslarini muvofiqlashtirish masalalari, Oʻzbekistonda barqaror urbanizatsiya konsepsiyasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida islohotlarni amalga oshirish va ishloq xoʻjaligiga moʻljanlanmagan yerlarni xususiylashtirish boʻyicha yoʻl xaritalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida, urbanizatsiya va uy-joy ta’minoti, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish borasida hamkorlik muhokama qilindi va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy direktori , 2023 yil yanvar oyida kutilayotgan O‘zbekistonga tashrifi dasturi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati