O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

14/07/2014 - 14:22 27245

Kichik tadbirkorlik (biznes) sub'yektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son farmoni)

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 27-son, 330-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek sanoatning ayrim sermehnat tarmoqlari bo‘yicha kichik korxonalar xodimlarining o‘rtacha yillik cheklangan sonini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 oktyabrdagi 439-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik (biznes) sub'yektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasiga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,
2014 yil 3 iyul,
178-son


Manba: Lex.Uz