MA’NAVIY HAYOTIMIZDAN BIR KUN
14/12/2022 - 23:16 3433
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Inson qadri uchun” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu esa xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish barobarida ularning ma’naviy yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 11-dekabr kuni vazirlikning bir guruh xodimlari dam olish kunini maroqli o‘tkazish va madaniy hordiq olish maqsadida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan “O‘jarlar” spektakliga tashrif buyurishdi.
“O‘jarlar” spektakli komediya janrida bo‘lib, qoraqalpoq adibi O‘rozboy Abdurahmonov qalamiga mansub. Asarda jamiyatda ildiz otgan “faqat mening aytganim bo‘ladi” qabilida ish ko‘radiganlar ustidan nozik tabassum bilan so‘z yuritiladi. Komediya boshdan-oyoq ajib bir milliy ruhga cho‘lgangan tarzda yozilgan.
Vazirligimiz ma’naviy hayotidagi bu kun o‘zgacha shukuhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Ma’naviyat va ma’rifat kengashi,
Axborot xizmati