KONSTITUTSIYA – HUQUQ VA ERKINLIGIMIZ KAFOLATI
07/12/2022 - 17:13 3017
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori Feruza Muxitdinova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Lola Sobirova ishtirok etishdi.
Anjumanni vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Obiddin Mahmudov kirish so‘zi bilan boshladi.
Vazir maslahatchisi o‘z nutqi davomida hayotimizning qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotganligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng huquqshunos Feruza Muxitdinova mamlakatimizda qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’ruza qildi, shuningdek, Konstitutsiyaning har bir inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati hayotiy misollar yordamida tushuntirib o‘tildi.
Tadbir davomida shoira Lola Sobirova tomonidan o‘qilgan she’rlar yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Shu bilan birga, huquqiy bilimlar viktorinasi ham o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlarga Lola Sobirovaning “Hijronlarning ko‘nglini oldim” she’riy to‘plami taqdim etildi.
Ma’naviyat va ma’rifat kengashi,
Axborot xizmati