“Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” Rеspublika tanlovi natijalari
06/12/2022 - 09:43 3039
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yana-da oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 13-bandiga muvofiq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar orasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirib borish maqsadida 2022-yil oktyabr va noyabr oylarida “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” respublika tanlovi o‘tkazildi.
Joriy yil 5-dekabr kuni Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan mazkur respublika tanlovi g‘olibi deb topilgan “Innovatsion media loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi muallifi Mamatxanov Ulug‘bek Abdujabborovichni tantanali ravishda taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari I.Norqulov, Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.Inakovlar ishtirok etib g‘olibni taqdirlashdi.
Shuningdek, “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” respublika tanlovida faol va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari bilan ishtirok etgan boshqa loyiha mualliflari vazirlikning qimmatbaho sovg‘alariga ega bo‘lishdi.