“Birga kitob mutolaa qilamiz” tanloviga start berildi!

04/12/2022 - 13:32 3076

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida 2022-yil uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ning 6-bandiga muvofiq, xodimlarning ma’naviy indeksini oshirish  maqsadida Birga kitob mutolaa qilamiz tanloviga   start berildi.

Tanlov quyidagi 4 ta kitob bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

1.Temur tuzuklari (Alixonto‘ra Sog‘uniy tarjimasi).

2.Otamdan qolgan dalalar (Tog‘ay Murod).

3.Kecha va kunduz (Cho‘lpon).

4.Tushda kechgan umrlar (O‘tkir Hoshimov).

Tanlovning qoidalari, tartibi va shartlari, o‘tkazilish sanasi to‘g‘risida quyida ilova qilingan Nizomda to‘liq ma’lumot berilgan.

Ishtirokchilardan Nizomni diqqat bilan o‘qib, tanishib chiqishlari so‘raladi. Barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin!

 

Hurmat bilan Vazirlik ma’naviyat va ma’rifat kengashi

Murojaat uchun: 71-232-6007