“CAB” MChJ vakillari bilan uchrashuv
01/12/2022 - 14:35 3030
Joriy yilning 30-noyabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Rossiyaning “CAB” MChJ kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Andrey Okladnikov, axborot texnologiyalari bo‘yicha direktor Pyotr Dikiy, bosh direktorning maslahatchisi Oleg Rubtsov, loyiha rahbari Ruslan Amirbekov, vazirlikning Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov hamda departamentning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvning asosiy mavzulari “CAB” MChJ haqida umumiy ma’lumotlar, ishlab chiqilayotgan va joriy etilayotgan raqamli dasturiy mahsulotlar va boshqalar bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mehmonlar “Tax free” (Digitax) tizimining raqamli platformalari, mehnat resurslarini boshqarish uchun raqamli xizmatlar majmuasi, shuningdek, sog‘liqni saqlash va transport sohasidagi raqamli xizmatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashdilar.
O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni mehmonlarga mamlakatimizda xizmatlarni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, ushbu yo‘nalishda raqamlashtirishni joriy etish masalasining ahamiyati haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar turli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati