Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
24/11/2022 - 10:49 1207
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi binosida Germaniya halqaro xamkorlik jamiyati (GIZ) hamda Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi va boshqa vazirlik va idoralar hodimlari o‘rtasida uchrashuv bo’lib o‘tdi

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ijrosini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sh.Islamov, Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti hodimi A.Matjanov shuninghdek, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va Ekologiya qo‘mitasi vakillari qatnashdilar. Chet el tomondan tomondan esa loyiha boshlig’I Paul Schumacher (GIZ)hamda INTECRATION va ECOLINE tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Orol bo‘yi mintaqasini ekologik jixatdan mintaqaviy rivojlantirish (ECO-ARAL) loyihasi doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining hududlarini rivojlantirish dasurini halqaro tajribadan kelib chiqib pilot loyiha ko’rinishida strategik ekologik baxolashdan (SEB) o‘tkazish masalalari qaratildi. Loyiha maqsadi ekologik jihatlarning davlat sektorial siyosatiga, shu jumladan rejalar, dasturlar va boshqa strategik hujjatlarni strategik ekologik baholash mexanizmini joriy etish, shuningdek, alohida loyihalarning atrof muhitga ta’sirini baholash orqali integratsiyalashuvini ta’minlash hisoblanadi. SEB suv xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi va ekologiya kabi masalalarni o‘z ichiga olgan.

Shuninghdek, uchrashuv davomida xorojiy ekspertlar tomonidan SEB ning tashkiliy masalalari va uning ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza qilindi hamda amaliyotlari haqida ma’lumot berib o‘tishdi. O‘zbekiston tomonidan SEB ni tashkillashtirish va joriy etishda transchegaraviy tasirlar SEB ni o‘tkazish uchun talab qilinadigan muhlatlar hamda uning ijobiy tasiri kabi savollar berildi va savollarga xorijiy ekspertlar tomonidan javoblar olindi, shu bilan birgalikda O‘zbekiston tomoni ham qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajarilishi uchun SEB ni energetika sohasida ham tatbiq qilish, shuningdek uni qonunchilik bilan mustahkamlash va boshqa tavsiyalarini berishdi.
Uchrashuv so‘ngida, tomonlar SEB ning tashkiliy masalalarida hamkorlik qilish hamda yuqorida keltirilgan masalalar bajarish yuzasidan kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati