Bo'ka tumanining Juraobod mahallasida maktab o'quvchilari uchun quyosh isitgich qurilmasi o'rnatilishi

10/07/2022 - 11:51 1632

Vatandoshimiz Jahongir Aripov va PMTI jamoasi ko'magida Bo'ka tumanining Juraobod mahallasida maktab o'quvchilari uchun quyosh isitgich qurilmasi o'rnatilgan edi.

 Bu qurilma yangi SCM texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan mikrokompyuterlik kontrollerga ega bo'lib, u tizimni intellektual nazorat va avtomatik ishlashini ta'minlaydi:

avtomatik rejimda bakni suv bilan to'ldirishga buyruq beradi, bakdagi suv darajasini boshqaradi (elektromagnit klapanni ochish va yopish), suv iste'moliga qarab doimiy bakni to'ldirib boradi

belgilangan suv temperaturasini avtomatik rejimda ushlab turadi

suv bosimini nazorat qiladi va bosimi tushishi bilan avtomatik tarzda nasosni ishga tushiradi

Mazkur qurilmani o'rnatilishi maktab o'quvchilari uchun qishda issiq suv bo'lishini ta'minlagan holda, o'quvchilar, ularning ota-onalari va qishloqdoshlar uchun yashil iqtisodiyot bu bir abstrakt tushuncha emas, kundalik hayotda qo'l keladigan oddiy o'zgarishlar ekanligini tushuntiradi.