Joriy yilning 1-16-oktabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

20/10/2022 - 17:01 3218

Ushbu davr mobaynida bozorda limon 10 000 so‘mga, qovun 2 500 so‘mga, guruch (lazer) 1 500 so‘mga, guruch (alanga) 750 so‘mga va tarvuz 250 so‘mga arzonlagan bo‘lsa, banan 5 000 so‘mga, kartoshka 500 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, umumiy qiymati 60,1 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 mln AQSH dollari ko‘p) jami 79,7 ming tonna (8,8 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 26,2 ming tonna uzum, 11,9 ming tonna xurmo, 7,6 ming tonna piyoz, 4,1 ming tonna loviya, 3,5 ming tonna mayiz, 3,2 ming tonna mosh, 2,5 ming tonna turp, 2,2 ming tonna qovun, 2 ming tonnadan quritilgan meva va pomidor hamda 1,5 ming tonna anor tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 5,3 mln AQSH dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 910 ming AQSH dollari ko‘p) qiymatdagi jami 26,9 ming tonna (613 tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 20,4 ming tonna kartoshka, 1,7 ming tonna banan, 235 tonna mandarin hamda 205 tonna apelsin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-16-oktabr kunlari hududlardan jami 13,7 ming tonna, xususan, 6,8 ming tonna kartoshka, 4,9 ming tonna piyoz435 tonna karam va 1,5 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Samarqanddan 1 055 tonna, Toshkent viloyatidan 539 tonna kartoshka;

Toshkent viloyatidan 2 675 tonna, Jizzaxdan 2 122 tonna va Samarqanddan 178 tonna piyoz

Toshkent viloyatidan 345 tonna karam;

Toshkent viloyatidan 1 066 tonna, Samarqanddan 390 tonna, Farg‘onadan 49 tonna, Qashqadaryodan 14 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 5 023 tonna hamda Qirg‘iziston Respublikasidan 163 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-16-oktabr kunlari jami 191,4 tonna, shu jumladan, 171,8 tonna mol go‘shti va 19,6 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati