Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha joriy etilgan hokim yordamchilari tomonidan joriy yiling yanvar-avgust oylarida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot

23/09/2022 - 14:40 1905

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-sonli Farmoniga asosan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) “hokim yordamchisi” lavozimi ta’sis etildi.

Viloyatda ushbu lavozimlarga Respublika Ishchi guruhi bilan birgalikda shahar va tumanlardagi “hokim yordamchisi” lavozimi uchun 632 nafar nomzodlardan 597 nafari bilan suxbat o‘tkazildi va ular orasidan 299 nafar hokim yordamchisi saralab olindi.

Jumladan, ularning 71 nafari viloyat tashkilotlarida, 192 nafari shahar va tumanlar bo‘limlarida hamda 36 nafari tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritgan va 292 nafarini erkaklar hamda 7 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Ushbu hokim yordamchilarini faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida o‘qitish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida tajribasini oshirish yuzasidan o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil

3-dekabrdagi PQ-31-sonli qaroriga asosan Respublika “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha viloyatga biriktirildi hamda

2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-sonli qaroriga asosan hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi va hududlarda markazlar tashkil qilindi.

Bugungi kunda hokim yordamchilarining hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda tashkil qilindi.

Birinchidan: Hududdagi aholini xatlovdan o‘tkazish va platformaga kiritish bo‘yicha.

Hududlardagi jami 299 ta mahallarda honadonlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi va hisobot davrida 236,0 mingta xonadon mavjud bo‘lgan bo‘lsa, xaqiqatda xatlov natijalaria ko‘ra 241,4 mingta (102,3 %) xonadonlar mavjudligi aniqlandi.

Ikkinchidan: Xonadonlarni toifalarga ajratilishi bo‘yicha.

Viloyat bo‘yicha jami o‘rganilgan 241,4 mingta xonadonlarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoliga asosan:

1-toifa: 12,0 mingtani (daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar);

2-toifa: 144,4 mingtani (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar);

3-toifa: 13,0 mingtani (ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan xonadonlar);

4-toifa: 72,0 mingtani (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar) ni tashkil qiladi.

Uchinchidan: Hokim yordamchilari tomonidan berilgan tavsiyalar va kreditlarning ajratilishi bo‘yicha.

Viloyatda “Har bir oila tadbirkor” dasturlari doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 47 078 nafar fuqarolardan 1401,8 mlrd so‘mlik arizalar kelib tushgan. Hokim yordamchilar tomonidan 17 326 tasiga 406,2 mlrd so‘mlik tavsiyanomalar berilgan va 15 148 tasiga 363,9 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratib berilgan.

To‘rtinchidan: Bandlik dasturiga asosan ish bilan band qilish bo‘yicha.

Viloyat bo‘yicha 2022-yil yanvar-avgust oylarida hokim yordamchilari bilan birgalikda jami 116 635 nafar aholi bandligi ta’minlandi. Shundan, 67 323 nafar aholi o‘zini-o‘zi band qilish orqali, 26 367 nafari doimiy ish joylariga, 6 677 nafar aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirish, 2 467 nafar yakka tartibdagi tadbirkor va 13 801 nafar (“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va boshqa) aholiga yer maydoni ajratish orqali bandligi ta’minlandi.

Beshinchidan: Aholini, ayniqsa ayollar va yoshlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha.

O‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan 33 844 nafar fuqrolar tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini, shundan 28 400 nafari (84,0 %) kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagini bildirgan bo‘lib, bugungi kunga qadar jami 11 394 nafar (40,1 %), shundan 8 866 nafari kasb-hunarga va 2 528 nafari tadbirkorlikka o‘qitilgan.

Oltinchidan: aholidagi mavjud va yangidan tarqatilgan inkubatorlardan foydalanish bo‘yicha.

Viloyatda jami 424,4 mingta quvvatga ega 415 ta (150,0 mingta quvvatga ega 300 tasi Agrobank xomiyligida olib berilgan) inkubatorlar mavjud bo‘lib, ushbu inkubatlarga:

1-bosqichda: 319,6 mingta tuxum qo‘yilgan bo‘lib, shundan 227,0 ming bosh (71 %) jo‘jalar ochib chiqqan hamda 209,8 ming bosh (92,4 %) jo‘jalar aholi xonadonlariga tarqatilgan;

2-bosqichda: 183,8 mingta tuxum qo‘yilgan bo‘lib, shundan 117,0 ming bosh (63,6 %) jo‘jalar ochib chiqqan hamda 103,9 ming bosh (88,8 %) jo‘jalar aholi xonadonlariga tarqatilgan;

3-bosqichda: 305,7 mingta tuxum qo‘yilgan bo‘lib, shundan 245,5 ming bosh (80,3 %) jo‘jalar ochib chiqqan hamda 216,8 ming bosh (88,3 %) jo‘jalar aholi xonadonlariga tarqatilgan;

4-bosqichda: 255,8 mingta tuxum qo‘yilgan bo‘lib, shundan 198,4 ming bosh (77,6 %) jo‘jalar ochib chiqqan hamda 146,0 ming bosh (73,6 %) jo‘jalar aholi xonadonlariga tarqatilgan;

5-bosqichda: 278,5 mingta tuxum qo‘yilgan bo‘lib, shundan 225,3 ming bosh (80,9 %) jo‘jalar ochib chiqqan hamda 211,2 ming bosh (93,7 %) jo‘jalar aholi xonadonlariga tarqatilgan;

6-bosqichda: 240,7 mingta tuxum qo‘yilgan, shundan 50,0 ming bosh (20,8 %) jo‘jalar ochib chiqqan hamda 37,5 ming bosh (75,0 %) jo‘jalar aholi xonadonlariga tarqatilgan;

7-bosqichda: 35,9 mingta tuxum qo‘yilgan, shundan 7,2 ming bosh (20,1 %) jo‘jalar ochib chiqqan hamda 6,6 ming bosh (91,7 %) jo‘jalar aholi xonadonlariga tarqatilgan;

8-bosqichda: 9,2 mingta tuxum qo‘yilgan

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi 33-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 104 ta (1000 ta quvvatga ega) inkubator, 1310,0 ming bosh xonaki tovuq va 1375 ta asalari uyasi tarqatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 50 dona (48 %) inkubator, 338,8 ming bosh xonaki tovuq (25,9 %) va 4477 ta (325.6 %) asalari uyasi tarqatildi. 

Yettinchidan: “E-AUKSION” savdo maydonchasi orqali fuqarolarga yer maydoni ajratish bo‘yicha.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli qaroriga asosan viloyatda jami 7 226 gektar yer maydoni “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali fuqarrlarga ajratib berilishi belgilangan va bugungi kunga qadar 7476,0 gektar (103,5 %) 14 530 ta yer maydonlari savdo maydonchasiga qo‘yilgan bo‘lib, 7 014,4 gektar (93,8 %) 13 806 ta yer maydonlari sotilgan. Bugungi kunda savdo maydonchasida 461,6 gektar (6,2 %) 724 ta yer maydonlari mavjud.

Sakkizinchidan: Hokim yordamchilarining loyihasini barcha mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirish bo‘yicha.

Viloyatda 2022-yilda “Onlayn mahalla” platformasida shakllantirilgan umumiy qiymati 356,7 mlrd so‘m, shundan, 200,1 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i va 156,5 mlrd so‘m bank krediti mablag‘lari evaziga 880 ta loyihalarning ishga tushirilish natijasida 4 336 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Hokim yordamchilari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bugungi kunga qadar jami qiymati 111,1 mlrd so‘mlik 415 ta loyihalar ishga tushirilishi natijasida 1 713 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shu o‘rinda hokim yordamchilari tomonidan ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Jumladan hududlardagi 301 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 281 tasida (93 %) loyihalar mavjud va 20 tasida (7 %) loyihalar ishlab chiqilmagan hamda platformaga joylashtirilmagan.

Xususan, eng yuqori ko‘rsatgich Sharof Rashidov tumanida 10 ta, Zomin tumanida 4 ta, G‘allaorol tumanida 2 ta, Jizzax shaxar, Do‘stlik, Mirzacho‘l va Yangiobod tumani 1 tadan mahallarida loyihalar ishlab chiqilmagan.

To‘qqizinchidan: Xorijda yurgan va qaytib kelgan fuqarolar hamda ularning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha.

Hududlarda jami 32 131 nafar xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar mavjud bo‘lib, shundan 32 131 nafarining (100 %) oilalari uyma-uy yurib o‘rganish ishlari amalga oshirildi va o‘rganilgan oilalarning jami 1 856 tasida, ya’ni 735 tasida bandlik, 55 tasida ta’lim, 649 tasida tibbiy potranaj va 417 tasida boshqa muammolari mavjudligi aniqlandi va joyida bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, muammosi mavjud 387 nafar oila a’zosi ish bilan ta’minlandi, 34 nafar fuqaro viloyat o‘quv markazlariga ta’lim olishga jalb qilindi, 545 nafar bemorlar dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi va tibbiy muolaja qilindi hamda 317 ta oilalarga sovg‘a-salomlar, gaz balonlar, bolalar nafaqa puli va boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, hokim yordamchilar tomonidan xorijda yurgan fuqarolarning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 202 ta oilalarga 2 815,8 mln so‘m kredit va subsidiya uchun tavsiyanomalar berilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 94 ta oilalarga 2 012,8 mln so‘m mablag‘ ajratib berildi

O‘ninchidan: Hududlardagi Namunali mahallarda namunali xonadonlarni tashkil etish bo‘yicha.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-54-sonli qaroriga asosan viloyatda 48 ta namunali mahallalar tashkil qilingan bo‘lib, ushbu mahallalarning xar birida 30 tadan jami 1 440 ta namunaviy xonadonlar tashkil qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 1 436       ta (99,7 %) namunali xonadonlar tashkil qilndi.

Shuningdek, namunali xonadonlarga jami 30 801 mln so‘m kredit uchun talab mavjud bo‘lib, joriy yilning 1 avgust xolatiga xonadonlarga 26 982 mln so‘m (87,6 %) kredit, subsidiya, kooperatsiya, homiylik mablag‘lari ajratib berildi.

O‘n birinchidan: “Andijon tajribasi” asosida hududlarga biriktirilgan lider tadbirkorlar bo‘yicha.

Viloyatda “Andijon tajribasi” asosida “mahallabay” ishlash tizimi orqali 29 ta mahallalarga “yetakchi tadbirkor”lar (lider tadbirkor) biriktirilgan va ushbu tadbirkorlarga jami 43 019 mln so‘m mablag‘ talab etilgan bo‘lib, shundan 19 nafari 32 269 mln so‘m resurs mablag‘i kelib tushgan hamda bugungi kunga qadar 8 nafar tadbirkorlarga 12 297 mln so‘m (39,3 %) kredit mablag‘i ajratib berilgan.

O‘n ikkinchidan: Hokim yordamchilari ko‘magi bilan fuqarolar olib berilgan texnikalar bo‘yicha.

Viloyatda hokim yordamchilari ko‘magi bilan jami 1264 ta 25 841,5 mln so‘mlik (shundan, 23 641,4 mln so‘m kredit va 2 200,1 mln so‘m o‘z mablag‘i) texnikalar fuqarolarga olib berilgan.

Xususan, 1008,0 mln so‘mlik 17 ta mini traktorlar, 12 121,5 mln so‘mlik 559 ta mototsikl va tritskl, 12 712.0 mln so‘mlik 688 ta motokultivator va motoblok olib kelingan.

O‘n uchinchidan: Xorijdan olib kelingan chorva mollari bo‘yicha.

Viloyatga 2022-yil 1-sentyabr xolatiga xorijdan 4759,8 mln AQSH dollarlik jami 16 233 bosh chora mollari olib kelingan bo‘lib, shundan 2 645 bosh mol va buqa, 13 514 bosh qo‘ylar hamda 74 bosh otlarni tashkil qiladi.

O‘n to‘rtinchidan: Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, vazirlik, idoralar hamda jismoniy va yuridik shaxslar orqali 1 363 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, imtiyozli kredit 874 ta (64 %), subsidiya 286 ta (21 %) va boshqa masala 203 ta (15 %) murojaatlar kelib tushgan bo‘lib shundan, 1 268 ta (93 %) murojaatlarning ijrosi ta’minlangan, ijobiy hal qilingan 733 ta, (58%), huquqiy ma’lumot berish orqali hal etilgan 399 ta (31 %), tushuntirish berilgan 104 ta (8 %) hamda rad etilgan 32 ta (3%) va qolgan 95 tasi (7%) ish jarayonidagi murojaatlardir.

Bundan tashqari, Baxmal va G‘allaorol tumanlarida tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish yuzasidan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi hamda 4 ta sektor rahbarlari boshchiligida "Sayyor qabul"lar o‘tkazildi.

Sayyor qabullar davomida jami 90 dan oshiq tadbirkor ishtirok etib, shundan 53 ta tadbirkorning 58 ta masala yuzasidan murojaatlari kelib tushdi. Murojaatlarning 16 tasi joyida hal etildi, shuningdek, 37 ta tadbirkorning 42 ta masala yuzasidan murojaatlari tegishli viloyat tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.

O‘n beshinchidan: Hokim yordamchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash natijalari bo‘yicha.

Bugungi kunda, “Onlayn mahalla” elektron platformasida hokim yordamchilarini II chorak uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) baholanishi ishga tushirilgan. Joriy yilning 7-iyul holatiga viloyat ko‘rsatkichi 88,26 ballni tashkil qilib Respublikada to‘rtinchi o‘rinni tashkil qilmoqda, viloyatda eng yuqori ko‘rsatkichni Paxtakor tumani 90,37 ballni tashkil qildi.

Viloyatdagi 299 nafar hokim yordamchilaridan 123 nafari (42%) “a’lo”, 145 nafari (48%) “yaxshi”, 29 nafari (10%) “qoniqarli” toifani tashkil qildi. Shuningdek 1 nafar hokim yordamchisi lavozimi vakant bo‘lganligi sababli 66.67 ball bilan “qoniqarsiz”ni tashkil qilmoqda.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati