SIYOSIY (MA’RIFAT) O‘QUV SOATI

30/09/2022 - 19:05 2904

Bugun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshirig‘i ijrosi yuzasidan tashkil etilgan navbatdagi siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi Tagayev Kamoliddin Kamilovich ishtirokida o‘tkazildi.

 

Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soatida vazirlik markaziy apparati xodimlari bevosita, hududiy bosh boshqarmalar va tizim tashkilotlari xodimlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

 
 

O‘quv soati davomida mutaxassislar tomonidan “Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari” mavzusida taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz va murabbiylar – yurt taraqqiyotining poydevori” mavzusida davra suhbati ham tashkil etildi.

O‘quv soati davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi. Qizg‘in muhokamalar va fikrlarga boy bo‘lgan seminar barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi.

 

Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti