Vazirlik xodimlari teatrga tashrif buyurdilar

27/09/2022 - 07:17 1194

Maʼrifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiy “Teatr bu ibratxonadir” deb atagan boʻlsa, Yurtboshimiz esa teatrni – “...asrlar davomida odamlarni insoniylik va ezgulikka chorlab, ularning qalbida oliyjanob fazilatlarni goʻzal his-tuygʻularni  kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, doʻstlik  va hamjihatlik, yuksak avlod  va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilib  kelmoqda” – deya taʼkidlaydi.

Vazirlik tizimida 2022-yil uchun maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida xodimlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning oila aʼzolari bilan teatrlarga tashrif buyurishlari belgilangan. Shunga muvofiq, yaqinda  jamoamizning bir guruh xodimlari Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan “Oʻzgalar dardi” nomli spektaklga tashrif buyurdi.

Nurillo Abbosxon qalamiga mansub “Oʻzgalar dardi” spektakli rejissyor Asqar Xolmoʻminov tomonidan sahnalashtirilgan.

Asar haqida qisqacha maʼlumot: oliy toifali shifokorlar Zahro Samadovna hamda Zafar  Safarovichlar nafaqaga chiqqan boʻlishsa-da, hamon oʻzgalar dardi bilan yashaydi. Oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan bu moʻtabar insonlar bir umr oʻzgalar dardi bilan hayot kechirishadi, ular uchun qaygʻurishadi. Asar taʼsirchan hayotiy voqealarga boy boʻlib, bugungi kundagi ahamiyati shundaki, insonlar hamisha bir-birlarining mehriga, eʼtiboriga  muhtoj ekanligidadir.

Ushbu spektakl vazirlik xodimlarining kundalik turmushda boshqalarga nisbatan yana yam mehr-oqibatli boʻlishga undadi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.  Tadbir soʻnggida xodimlarimiz tomonidan  aktyor va aktrisalarga guldastalar taqdim etildi.

Nigora Sattarova,

Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash boʻlimi xodimi.