OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI
31/08/2022 - 15:04 4156
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 30-avgustdan 8-sentabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI
BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNING MONITORINGI VA AHOLI TURMUSH DARAJASINI TAHLIL QILISH BOSHQARMASI BOSH MUTAXASSISI
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishida oliy ma’lumotga, davlat organlarida bevosita barqaror rivojlanish maqsadlari sohasini rivojlantirishga oid yo‘nalishda kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohot va amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Jamoada ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan ishlay olishi;
- O‘zbek tilini mukammal va chet (rus va ingliz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning monitoringini yuritish va aholi turmush darajasi sohalarida vaziyatni o‘rganish natijalari asosida, mavjud muammolarini aniqlash, muvozanatni ta’minlash uchun aniq yo‘nalishlarni va choralarni belgilash, rahbariyatga hisobotlarni taqdim etish bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar tayyorlash;
- Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning monitoringini yuritish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni ta’minlash va aholi turmush darajasini tahlil qilish va prognozlashda AKT-texnologiyalarga asoslangan usullarni joriy etish;
- Boshqarmaning faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazish;
- Boshqarmaning vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish va tushuntirishlar tayyorlash;
- Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish