OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

16/08/2022 - 17:01 3121

 

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 16-avgustdan 25-avgustgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI

Iqtisodiy o‘sishni hududlar hamda sifat omillari kesimida tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vakant lavozimiga

 

Lavozimga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, vazirlik yoki idoralarda ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan, shuningdek, rahbar lavozimida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi va kamida umumiy ish staji 5 yil bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash va ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi;
  4. Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
  5. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribaning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash va xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  6. Katta hajmdagi statistik va tahliliy ma’lumotlar bilan ishlay olish ko‘nikmasining shakllanganligi;
  7. Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti va hududlar iqtisodiyotiga ta’sirlarini baholay olish hamda taklif ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi;
  8. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili asosida hududlarning iqtisodiy rivojlanish dinamikasini hamda undagi muammolarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
  9. Jamoa bilan ishlash, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish va professional qaror qabul qilish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
  10. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarda tahsil olgan, magistr yoki iqtisodiyot yo‘nalishida ilmiy darajaga ega bo‘lgan, iqtisodiyot bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlarda sovrindor bo‘lgan, vazirlik yoki idoralarda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Lavozim vazifalari:

  1. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining sifat omillari va hududlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash;
  2. Har oy yakuni bo‘yicha hududlar rivojlanish tendensiyasini aks ettiradigan tahliliy materiallarni tayyorlash;
  3. Katta hajmdagi statistik ma’lumotlar bilan ishlash va operativ ma’lumotlarni shakllantirish;
  4. Iqtisodiyot va hududlarni rivojlantirish yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari hamda boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, o‘z vakolati doirasida takliflarni kiritib borish;
  5. Hududlarni iqtisodiy o‘sishi sifat omillari asosida tahlil qilish va prognozlash;
  6. Hududlarni joylashuvi va ixtisoslashuvidan kelib chiqib o‘sish nuqtalarini (drayverlarini) aniqlash;
  7. Hududlar rivojlanishi bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  8. Xalqaro tashkilotlar bilan hududlarni rivojlantirish masalalarida birgalikda ishlash hamda doimiy hamkorlik olib borish.