“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi

28/07/2022 - 20:52 3083

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5040-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan shakllantirilgan komissiya a’zolari ish boshladi.

Ishchi guruh a’zolari birinchi navbatda kutubxonaga tashrif buyurib, u yerdagi kitoblar va kutubxona faoliyati bilan tanishib chiqishdi.

So‘ngra, devonxona faoliyatidagi buyruq, xat va hujjatlarni davlat tilida ish yuritilayotganligini ko‘zdan kechirishdi.

Vazirlikning Ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha rahbari tomonidan tuzilgan kengashning tashkil etilganligi, ularning faoliyati, o‘tkazilgan yig‘ilishlar, kengash tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlarning ishlab chiqilganligi hamda o‘tkazilgan tadbirlar bilan tanishib chiqishdi.

Komissiya a’zolari vazirlik tizimida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘z taklif mulohazalarini bildirishdi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati