OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
26/07/2022 - 16:39 3201
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalardagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 22-iyuldan 31-iyulgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
RAQAMLI VA INNOVATSION IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy sharoitlarini yaratish boshqarmasi boshlig‘i – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya, raqamli iqtisodiyot yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lish (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi).
- Iqtisodiyot va moliya sohalari, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida yoki boshqa tegishli tashkilotlarda kamida 5 yillik ish stajiga, shu jumladan, rahbar lavozimida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish (xalqaro va xorijiy tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilish.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi.
- Iqtisodiy tahlil malaka va ko‘nikmalariga ega, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot faoliyatiga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olish, ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ko‘nikmasining shakllanganligi.
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchilik qobiliyatlariga ega bo‘lish.
- O‘zbek tilini mukammal, ingliz va rus tillarini yuqori darajada bilish.
Vazifalar:
– raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga joriy etish nuqtayi nazaridan mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish yuzasidan huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
– raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni miqdoriy tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ushbu sohalarda bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
– iqtisodiyot tarmoqlari yo‘nalishlaridagi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro standart talablariga javob beradigan raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini ishlab chiqish;
– iqtisodiyot tarmoqlari yo‘nalishlaridagi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro standart talablariga javob beradigan raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini ishlab chiqish;
– iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun mavjud tartibga soluvchi, maʼmuriy hamda boshqa to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
– raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va vositalaridan foydalanishni rivojlantirishda xususiy sektor ishtiroki va tadbirkorlikni jadallashtirish borasida takliflar ishlab chiqish;
– iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi, shu jumladan, sanoat sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqamli transformatsiya qilish strategiyasi amalga oshirilishini uslubiy qo‘llab-quvvatlash;
– raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va sanoat sohasida joriy etish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat, ilmiy va boshqa tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;
– tegishli davlat tashkilotlari bilan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish holatini baholash imkonini beruvchi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish.
XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
1.Hududlarda xizmatlar sohasining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, bank va moliya bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, ushbu sohalarda, jumladan, xizmatlar yo‘nalishida 5 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lish va ushbu sohalarda rahbarlik lavozimida eng kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Departament faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda statistik ma’lumotlarni tahlil qila olish ko‘nikma va tajribasiga ega bo‘lish;
- Hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish imkoniyatlari hamda ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- Xalqaro savdo va iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi xalqaro kelishuvlar
va davlatlar o‘rtasida qabul qilinadigan hujjatlar bilan ishlay olish; - 5. Shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- 6. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).
Vazifalar:
- Mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishini tahlil qilish hamda soha rivojlanishining holati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
- Xizmatlar sohasi rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va prognozlash hamda rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqadi.
- 3. Xizmatlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, qonunchilik asosini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
- 4. Vakolat doirasida xizmatlar sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
- Respublikaning JSTga a’zo bo‘lishining xizmatlar sohasiga ta’sirini va Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik kelishuvi hamda MDH davlatlari o‘rtasida xizmatlar sohasida erkin savdo zonasini tashkil etish talablarini o‘rganib chiqadi va ularning iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qiladi.
- 6. Hududlarda savdo va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida vazirlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi.
- 7. Hududlarga chiqqan holda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tashkil qilish va monitoringini olib borishda qatnashadi.
- 2. Hududlarda xizmatlar sohasining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, bank va moliya bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, ushbu sohalarda, jumladan, xizmatlar yo‘nalishida 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lish;
- Departament faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda statistik ma’lumotlarni tahlil qila olish ko‘nikma va tajribasiga ega bo‘lish;
- 3. Shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- 4. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).
Vazifalar:
- Mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishini tahlil qilish hamda soha rivojlanishining holati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
- Xizmatlar sohasi rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va prognozlash hamda rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda qatnashadi.
- 3. Xizmatlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, qonunchilik asosini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
- 4. Vakolat doirasida xizmatlar sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rgangan holda takliflar ishlab chiqadi.
- 5. Hududlarga chiqqan holda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tashkil qilish va monitoringini olib borishda qatnashadi.
- 3. Hududlarda xizmatlar sohasining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, bank va moliya bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, ushbu sohalarda, jumladan, xizmatlar yo‘nalishida 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lish;
- Xizmatlar sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda statistik ma’lumotlarni tahlil qila olish ko‘nikma va tajribasiga ega bo‘lish;
- 3. Shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- 4. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).
Vazifalar:
- Mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishi bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
- Xizmatlar sohasi rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va prognozlash hamda rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda qatnashadi.
- 3. Vakolat doirasida xizmatlar sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rgangan holda takliflar ishlab chiqadi.
4. Hududlarga chiqqan holda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tashkil qilish va monitoringini olib borishda qatnashadi.