Uzun tumani “Yangi Ro‘zg‘or” MFY to‘g‘risida ma’lumot
23/07/2022 - 16:25 3092
Yangiro‘zg‘or mahallasida 1051 ta xonadon 2016 ta oilada 6386 nafar fuqarolar istiqomat qiladi.
Mahallada xonadonlarni o‘rganish jarayonida yashash sharoitidan kelib chiqib 4 ta toifaga bo‘lingan:
1-toifada - 156 ta xonadon: (oilaviy daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotganlar)
2-toifa – 297 ta xonadon: (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi borlar)
3-toifa – 139 ta xonadon (nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtojlar)
4-toifa – 461 ta xonadon (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadon)lar aniqlandi.
Asosiy birinchi va ikkinchi toifaga kiruvchi xonadonlarni doimiy daromadini oshirishdan boshlandi.
Mahallaning drayverlari sifatida Issiqxona, Hunarmandchilik va “Uzumchilik” MFY hududida 16 ta savdo va xizmat ko‘rsatish do‘konlari mavjud.
Mahallaga oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2021-yilda uzumchilikka 410 mln so‘m mablag‘ ajratildi. 2022-yilda 35 nafar fuqaroga 365 mln so‘m subsidiya hamda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 60 nafar fuqaroga 1680 mln so‘m kredit ajratilgan.
Uzum yetishtirish bo‘yicha Farg‘ona viloyati Oltiariq hamda Tojikiston Respublikasi Tursunzoda tumanlari tajribalarini uyg‘unlashtirilgan holda Uzun tumanida uzumchilik maktabi shakllantirilgan.
Mahalladagi aholi bilan birgalikda “Nurafshon” ko‘chasining 2,4 km dan ortiq qismida voyish usulida uzum yetishtirishning o‘ziga xos tajriba maktabini yaratildi. Ushbu ko‘chaga jami bo‘lib, 800 tupdan ortiq “Mersedes” navli uzum ko‘chatlari ekilgan.
Masalan, ushbu mahalladagi “Nurafshon” ko‘chasida jami 114 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan 400 metr qismida uzum voyishlari to‘liq tugallanib, 30 ta xonadonlarning ko‘cha qismidagi uzum ko‘chatlari to‘liq hosilga kirgan. Har bir xonadonga 7 milliondan ortiq so‘m mablag‘ sarflanib, uzum voyishi qurildi. Natijada, o‘rtacha 7-8 tup uzum ko‘chati ekilib, har bir xonadon 1 tonnaga yaqin hosil olib, 8-10 mln so‘m qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratilgan.
Hozirgi kunda “Nurafshon” ko‘chasining 2 km qismida qo‘shimcha ravishda temir ustunlar o‘rnatish ishlari yakunlandi.
Bundan tashqari, mahalladagi 800 dan ortiq xonadonlar tomorqalari yer maydonlarida voyish usulida uzum yetishtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan, kelgusida ushbu tajriba barcha xonadonlarning ko‘cha va tomorqalarida keng ommalashtirib, uzumchilik sohasi rivojlangan. Hozirgi kunda xonadonlarda yetishtirilgan turli navdagi, jumladan, shoxona, kishmish, husayni, mersedes uzumlarni ichki bozorlarda har bir kilogramini 15 mingdan 30 ming so‘mgacha sotib, xonadonlar qo‘shimcha daromad qilmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati