IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI XODIMLARINING ETIKA VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA OʻQITILISHINI TASHKIL QILISH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

13/07/2022 - 18:01 1159

                                                                          Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni

                                                                            qisqartirish vazirligining

                                                                           2022-yil “   13         07           dagi

                                                                              14     -son buyrugʻiga

                                                                       5-ilova

 

IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI XODIMLARINING ETIKA VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA OʻQITILISHINI TASHKIL QILISH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

 

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Yoʻriqnoma Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻqitilishini tashkil qilish boʻyicha tavsiya va qoʻllanmalarni belgilab beradi.
  2. Ushbu Yoʻriqnoma korrupsiyaviy harakatlarning oldini olish va ularni sodir qilishga xizmat qiladigan sabablarni bartaraf etish, xodimlarning huquqiy ongini oshirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Vazirlikning boshqa ichki hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
  3. Vazirlik xodimlarini etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitish (keyingi oʻrinlarda – oʻqitish) dasturlari va materiallari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Yoʻriqnomaga muvofiq ishlab chiqiladi.

2-bob. Oqitishning asosiy tamoyillari

  1. Vazirlik xodimlarini oʻqitish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

xolislik va ilmiylik – etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi oʻquv materiallarni tayyorlash uchun mas’ul shaxslar ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, xalqaro standartlar hamda etika va korrupsiyaga qarshi kurashish nazariyasi va amaliyotiga doir ilmiy tadqiqotlar natijalariga muvofiqligini ta’minlaydi;

amaliy jihatdan qulaylik – Vazirlik xodimlarini  oʻqitish shakllari, usullari                         va materiallari amaliy ahamiyatga ega boʻlishi, real vaziyatlarga asoslanishi, shuningdek xodimlar tomonidan olingan bilimlarni tushunish darajasi va ularni aniq amaliy vazifalarni hal etishda qoʻllash imkoniyatini nazorat qilinishini oʻz ichiga olishi lozim;

ketma-ketlilik va tizimlilik – etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi oʻquv materiallari, shuningdek Vazirlik xodimlarini  oʻqitish tartibi izchil va tuzilmaviy-mantiqiy tizimni ifodalaydi.  oʻqitish umumiy tushunchalar va voqeliklardan juz'iylariga, oddiydan murakkabga, boshlangʻichdan mukammalga va h.k oʻtish asosida amalga oshiriladi;

hammaboplik –  oʻqitish Vazirlik xodimlarining joriy bilimlari va koʻnikmalarini hisobga olish, Vazirlikning barcha xodimlari uchun tushunarli boʻlgan oʻquv materiallirini shakllantirish;

differentsialangan yondashuv – Vazirlikda korrupsiyaga qarshi  oʻqitish aniq funksiyalar va tartib-taomillardagi korrupsiyaviy xavf-xatar natijalarini hisobga oladi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimlarni egallab turgan xodimlar korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha ravishda maxsus oʻqitiladi;

 oʻqitish usullari va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirish – Vazirlik oʻquv materiallarini ishlab chiqish,  oʻqitish, shuningdek Vazirlik xodimlari tomonidan bilimlar oʻzlashtirilganini tekshirish vaqtida texnik va ilmiy taraqqiyotning innovasion yutuqlaridan foydalanishga harakat qiladi.

3-bob.  Oʻqitishning ustuvor vazifalari

  1. oʻqitish shakllari va usullarini aniqlashda, shuningdek etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi oʻquv materiallarini shakllantirishda Vazirlik xodimlarini etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida  oʻqitish uchun mas'ul shaxslar quyidagi ustuvor vazifalarga tayanishi lozim:

korrupsiya mohiyati, uning jamiyat hayotining turli sohalari, Vazirlikning funksiya va tartib-taomillarida paydo boʻlish shakllari va oʻziga xos jihatlari, sabablari, ijtimoiy jihatdan xavfli va zararli oqibatlari toʻgʻrisida umumiy tasavvurni shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bilan belgilangan etika va korrupsiyaga qarshi xulq-atvorning axloqiy qadriyatlari                   va Vazirlikning boshqa ichki hujjatlariga qat’iy va soʻzsiz rioya qilishga asoslangan xulq-atvor modelini shakllantirish;

Vazirlik xodimlarini Vazirlikda amal qiluvchi korrupsiyaga qarshi kurash tamoyillari, talablari va tartib-taomillari bilan tanishtirish;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kelib chiqishiga xizmat qiluvchi shart-sharoitlarni aniqlash va ularning oldini olish qobiliyatini shakllantirish, korrupsiyaviy xulq-atvor, Vazirlikning etika xulq-atvor qoidalari buzilishiga nisbatan toqatsizlikni namoyon etish.

4-bob.  Oʻqitishni ishlab chiqish va oʻtkazishga mas’ul shaxslar

  1. Vazirlikda Vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Vazirlik xodimlarini oʻqitish rejalarini tayyorlash, tegishli oʻquv materiallarini ishlab chiqish uchun, Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi Vazirlikda bunday oʻqitishni monitoring va nazorat qilish uchun mas’uldir.
  2. Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat boʻlimi (keyingi oʻrinlarda – Ichki nazorat boʻlimi) Vazirlik xodimlarini oʻqitish rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi oʻquv materiallarni ishlab chiqadi, oʻqitish oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi.
  3. Vazirlikning Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi oʻqitish intizomi va unga doir axborotlar yigʻilishini nazorat qiladi.
  4. Vazirlik Ichki nazorat boʻlimi va Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi tegishli tajribaga ega xalqaro yoki mahalliy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar (Vazirlikda belgilangan tartibda) asosida oʻquv materiallarini tayyorlash hamda oʻqitishni amalga oshirish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilishi mumkin.

5-bob.  Oʻqitish turlari va shakllari

  1. Oʻqitish quyidagi oʻquv dasturlarini koʻzda tutishi lozim:

barcha xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi umumiy  oʻqitish;

Vazirlik xodimlarining etika xulq-atvori qoidalari boʻyicha umumiy  oʻqitish;

korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus  oʻqitish;

Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun mas’ul boʻlgan xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus  oʻqitish.

  1. Umumiy korrupsiyaga qarshi oʻqitish va Vazirlik tizimi xodimlarining etika xulq-atvori qoidalari boʻyicha umumiy oʻqitish Vazirlikning barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
  2. Vazirlikning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi umumiy oʻqitish amaliy yoʻnaltirilgan boʻlishi va quyidagi yangi bilimlarga ega boʻlish yoki mavjud bilimlarni takrorlash imkoniyatini yaratishi lozim:

Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi qonunchiligi, Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari, jumladan oʻrnatilgan ta’qiqlar, cheklovlar, huquq va majburiyatlar, xizmat xulq-atvoriga qoʻyilgan talablar, Vazirlik xodimlarining korrupsiyaviy harakatlari aniqlanganda harakatlar ketma-ketligiga doir ichki hujjatlarini bilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi boshqa talablar sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotiga doir bilimlar;

olingan bilimlarni qoʻllash koʻnikmalari, jumladan Vazirlikning turli faoliyat sohalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash qobiliyati, Vazirlikda oʻrnatilgan korrupsiyaga qarshi kurash choralarini amaliyotda qoʻllay bilish.

Korrupsiyaga qarshi umumiy oʻqitish materiallariga kiritish uchun mazkur Yoʻriqnomaga 1-ilovada keltirilgan mavzulardan foydalanish tavsiya etiladi.

  1. Vazirlik xodimlarining etika xulq-atvor qoidalari boʻyicha umumiy oʻqitish Vazirlikning barcha xodimlari uchun amaliy yoʻnaltirilgan boʻlishi va Vazirlikda qabul qilingan etika tamoyillari va qoidalariga doir yangi bilimlarga ega boʻlish yoki bor bilimlar takrorlanishini ta’minlashi lozim.
  2. Vazirlik xodimlari umumiy korrupsiyaga qarshi oʻqitish va Vazirlik xodimlarining etika xulq-atvori qoidalari natijalari boʻyicha oʻrganilgan material qanchalik oʻzlashtirilgani va tushunilganligi hamda olingan bilim va koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllash imkoniyatini tekshirishga qaratilgan test sinovlari topshirishi lozim.
  3. Vazirlik xodimlari savollarning kamida 80 foiziga toʻgʻri javob bergan taqdirda korrupsiyaga qarshi umumiy oʻqitish va Vazirlik xodimlarining etika xulq-atvori qoidalarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan hisoblanadi. Agar xodim savollarning 80 foizidan kamiga toʻgʻri javob bergan boʻlsa, u takroriy test sinovlarini test topshirgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida topshirishi mumkin.
  4. Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimlar uchun maxsus korrupsiyaga qarshi oʻqitish korrupsiyaga qarshi umumiy oʻqitishdan mustaqil (qoʻshimcha) ravishda oʻtkaziladi.
  5. Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimlar roʻyxati Vazirlikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq shakllantiriladi.
  6. Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus oʻqitish quyidagilar toʻgʻrisidagi ma'lumotni oʻz ichiga olishi lozim:

korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan aniq funksiya va tartib-taomillardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va minimallashtirish usullari;

korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan aniq funksiya va tartib-taomillardagi korrupsiyaning namoyon boʻlish shakllari va turlari;

uchinchi shaxslar bilan oʻzaro aloqa qilishda korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan aniq funksiya va tartib-taomillarga xos boʻlgan korrupsiyaga qarshi talablar;

korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan aniq funktsiyalarni amalga oshirishda qoʻllaniladigan qoʻshimcha talab va tartib-taomillarni oʻz ichiga oluvchi ichki hujjatlar.

  1. Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun mas’ul xodimlarni korrupsiyaga qarshi maxsus oʻqitish yiliga kamida bir marta malaka oshirish shaklida (seminar, trening va boshqa) korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi ekspertlarni jalb qilish, shuningdek bunday oʻqitishlarga ixtisoslashgan vakolatli uchinchi shaxslar (Vazirliklar) tomonidan tashkil etiladigan treninglarda ishtirok etish orqali oʻtkaziladi.
  2. Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun mas’ul xodimlarni korrupsiyaga qarshi maxsus oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonunchiligidagi oʻzgarishlar, korrupsiyaga qarshi tizimlarni shakllantirish va davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish tadbirlarini amalga oshirish borasidagi ilgʻor xalqaro metodikalarni oʻrganishni oʻz ichiga olishi lozim.
  3. Ushbu Yoʻriqnomaning 19-bandida koʻrsatib oʻtilgan malaka oshirish va treninglardan oʻtish yiliga kamida 10 (oʻn) soatni oʻz ichiga olishi lozim.

6-bob.  Oʻqitish muddatlari va davriyligi

  1. oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Vazirlikning ichki hujjatlarida koʻzda tutilgan majburiy malaka oshirish doirasida oʻqitish, uchinchi shaxslar bilan qoʻshma konferentsiyalar, yigʻilishlar, simpoziumlar oʻtkazilishidan qat'iy nazar amalga oshiriladi.
  2. Vazirlik xodimlari etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yiliga kamida bir marta oʻqitiladi.
  3. Vazirlik xodimlari quyidagi hollarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yiliga bir martadan koʻp oʻqitiladi:

xodim korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimni egallab turgan boʻlsa;

lavozimga tayinlanganda va rotatsiya qilinganda, agar shaxsning yangi lavozimi korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimlar roʻyxatiga kirsa;

Vazirlikda korrupsiyaviy harakatlar bilan bogʻliq holatlar aniqlanganda yoki amalga oshirilayotgan funksiya/tartib-taomilning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi ortganda;

Vazir qaroriga muvofiq.

  1. Vazirlikka ishga qabul qilingan yoki yangi lavozimga oʻtkazilgan xodimlar ishga kirgan yoki yangi lavozimga oʻtgan vaqtdan boshlab 30 kun ichida korrupsiyaga qarshi va Vazirlik xodimlarining etika xulq-atvori qoidalari boʻyicha umumiy oʻqitilishi shart.

Oʻquv sanasini belgilashda etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida  oʻqitishning tasdiqlangan yillik jadvali, guruhda boʻsh oʻrinlar borligi (kunduzgi oʻquv shakli uchun) va mazkur Yoʻriqnomaning 22-23 bandlarida koʻzda tutilgan  oʻqitish muddatlari va davriyligiga amal qilish zarurati hisobga olinadi.

Keyingi korrupsiyaga qarshi umumiy  oʻqitish va Vazirlik xodimlarining etika xulq-atvor qoidalari boʻyicha umumiy  oʻqitish barcha xodimlar uchun Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi tomonidan yiliga bir martadan kam boʻlmagan davriylikda belgilanadi.

  1. Xodim korrupsiyaviy xavf-xatarga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimni egallab turgani bilan bogʻliq holatlarda yoki xodim shunday lavozimga tayinlanganda maxsus korrupsiyaga qarshi oʻqitish etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida oʻqitishning yillik jadvalida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
  2. Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi har yili oʻqitish jadvalini tuzadi va 31-dekabrgacha uni Vazirlik rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

 oʻqitish jadvalini tuzishda xodimlar tomonidan oldingi  oʻqitish muddatlari hisobga olinadi.

 oʻqitish jadvalida albatta  oʻqitish kursi nomi, sanasi, shuningdek  oʻqitish tayinlangan lavozimlar koʻrsatiladi.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq, Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimining mas’ul xodimlari  oʻqitish boshlanishidan 10 ish kun oldin xodimlarni xabardor qiladi. Belgilangan muddatda oʻqish imkoniyati boʻlmasa (kunduzgi oʻquv shakli uchun, masalan yuqori mavsumiy yuklama, kasallik varaqasi, rejalashtirilgan ta'til singari asosli sabablar), xodim oʻqish boshlanishidan 5 (besh) ish kunidan kechiktirmay oʻqishni boshqa sanaga koʻchirish maqsadida Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimini ogohlantirib qoʻyishi lozim.

7-bob.  Oʻqitish intizomini nazorat qilish va hujjatlarni saqlash

  1. Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi Vazirlik xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida oʻqitilishiga doir ma'lumotlarni yigʻib boradi va ularni har chorakda Vazirlikning Ichki nazorat boʻlimiga taqdim etadi.

Vazirlikning Ichki nazorat boʻlimi olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi (jumladan, oʻquv intizomi, xodimlar uchun qiyinchilik tugʻdirayotgan mavzular va test savollari) va tahlil natijalarini korrupsiyaga qarshi tizimning amal qilishi va rivojlanishi masalalari boʻyicha doimiy hisobotlarga kiritilishini, shuningdek oʻquv materiallari korrektirovka qilinishini (zarurat tugʻilganda) ta’minlaydi.

  1. Xodim unga tayinlangan oʻquv yoki uning natijalari boʻyicha test sinovlarini belgilangan muddatlarda oʻtmasa, Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi rahbari bunday xodimning rahbarini unga nisbatan tegishli qaror qabul qilish maqsadida ogohlantiradi.
  2. oʻqitish jadvali, yoʻqlama varaqalari, test natijalari, xodim oʻqiganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimida saqlanadi.

8-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Vazirlikning ichki hujjatlaridagi oʻzgarishlar qiritilganda, korrupsiyaga qarshi oʻqitishni tashkil etish sohasidagi ilgʻor xalqaro amaliyot oʻzgargan taqdirda qayta koʻrib chiqiladi. Vazirlikning Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi soʻroviga asosan Ichki nazorat boʻlimi mazkur Yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish uchun javobgar hisoblanadi.
  2. Vazirlik xodimi egallab turgan lavozimi, ish staji, mavqei va boshqa omillardan qat’iy nazar mazkur Yoʻriqnomaning tamoyillari va talablariga rioya qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.