OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

18/07/2022 - 14:42 2978

 

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalardagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish toʻgʻrisida”gi Tartib asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan                                3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish  2022-yil                              18-yuldan 27-iyulgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA HUDUDLARNING MASTER-REJALARINI ISHLAB CHIQISHNI MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI

 

Hududlarda xizmatlarni rivojlantirish konsepsiyalari va master-rejalari metodologiyasini ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i – departament direktori o‘rinbosari vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, vazirlik va idoralarda mamlakatni, jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishida kamida 7 yillik ish stajiga ega hamda 3 yil rahbar lavozimida ishlagan bo‘lish;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududlarini rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  3. Hududlar iqtisodiyotini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish va rejalashtirish, shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirish borasida uslubiy va amaliy qo‘llanmalar, strategiya va dasturlar hamda master-rejalar ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  4. Amaldagi shaharsozlik hujjatlari tarkibi va ularni ishlab chiqish tartibini, shuningdek, shaharsozlik va qurilish qoidalari va normalarini bilish;
  5. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirish va rejalashtirishda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  6. Hududlar iqtisodiyotini kompleks tahlil qilish asosida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida “o‘sish nuqta”larini va ixtisoslashuvini aniqlash va ularni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi;
  7. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyatli bo‘lish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  8. O‘zbek tilini mukammal va chet tillarini yuqori darajada bilgan, hududlarni rivojlantirish yo‘nalishida xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tagan va malaka oshirgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

 

Vazifalar:

  1. O‘zbekistonda hududlarni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi, jumladan, master-rejalar ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy monitoring qilib borish;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududlarini rivojlantirish va rejalashtirish, infratuzilma bilan ta’minlash orqali xizmatlar sohasini rivojlantirish, hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
  3. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda hududlarning xizmat ko‘rsatish sohasidagi ixtisoslashuvini aniqlash, salohiyatini baholash, “o‘sish nuqta”larini aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  4. Hududlarning ixtisoslashuvi va salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy ekspertlar ko‘magida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hududlarning konsepsiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish metodologiyasini shakllantirish va uni amalga oshirishni tashkil qilish;
  5. Tuman va shaharlarda xizmatlarni rivojlantirishning konsepsiyalari va master-rejalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
  6. Hududlarning master-rejalari asosida infratuzilma va xizmat ko‘rsatish loyihalari hamda dasturlarini shakllantirishga ko‘maklashish;
  7. Mahalliy hokimliklar va tijorat banklari bilan hamkorlikda hududlarda xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish;
  8. Hududlarni rivojlantirish, jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha uslubiy va amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish, hududlarda xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodologik ko‘mak berish.