Jizzax viloyatida mahallabay ishlash va hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi yuzasidan press-tur tadbirlari tashkil etildi
18/07/2022 - 13:57 2404
Jizzax viloyatida mahallabay ishlash va hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi yuzasidan press-tur tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, 12 761 nafar fuqaro 6 399 gektar yer maydonlarni “E-auksion” savdo maydonchasi orqali yutib oldi. 2022-yilning 1-choragi uchun shakllantirilgan loyihalardan 115 tasi 50,6 mlrd so‘mlik (bank krediti 17,4 mlrd so‘m) ishga tushirildi va 1059 ta ish o‘rni yaratildi. 2022-yilning 2-choragi uchun shakllantirilgan loyihalardan 80 tasi 11,9 mlrd so‘mlik (bank krediti 5,5 mlrd so‘m) ishga tushirildi va 326 ta ish o‘rni yaratildi.
#hokimyordamchilari #hududlarnirivojlantirish #Jizzax