Joriy yilning 1–12-iyul kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

13/07/2022 - 13:02 2454

Ushbu davr mobaynida bozorda bulg‘or qalampiri (qizil), mandarin va olma 2 500 so‘mga, kartoshka (yangi hosil, import) 250 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, kivi 8 500 so‘mga, limon 7 500 so‘mga, baqlajon 4 100 so‘mga, sarimsoq piyoz 3 500 so‘mga, mosh 3 000 so‘mga, turp 2 750 so‘mga, loviya va guruch (alanga) 1 500 so‘mga, guruch (lazer) 1 000 so‘mga, bodring va bulg‘or qalampiri (yashil) 500 so‘mga hamda lavlagi 250 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 1–12-iyul kunlari umumiy qiymati 34,5 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,6 mln AQSH dollari ko‘p) jami 53,7 ming tonna (7,6 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 7,6 ming tonna olxo‘ri, 5,9 ming tonna tarvuz, 5,6 ming tonna piyoz, 2,7 ming tonna uzum, 2,3 ming tonna sabzi, 2,2 ming tonna olma, 1,3 ming tonna shaftoli, 1,1 ming tonna pomidor tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 1,7 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 mln AQSH dollari ko‘p) qiymatidagi jami 3,3 ming tonna (35,8 tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 1,2 ming tonna banan, 0,9 ming tonna kartoshka, 99,1 tonna apelsin, 141,6 tonna olma, 24,2 tonna mandarin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–12-iyul kunlari hududlardan jami 11,3 ming tonna, xususan, 3,9 ming tonna kartoshka, 4,8 ming tonna piyoz, 404 tonna karam va 2,2 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

Surxondaryodan 2 046 tonna, Toshkent viloyatidan 988 tonna, Namangandan 782 tonna kartoshka;

Toshkent viloyatidan 3 915 tonna va Surxondaryodan 846 tonna piyoz;

Toshkent viloyatidan 404 tonna karam;

Toshkent viloyatidan 647 tonna, Andijondan 355 tonna, Qashqadaryodan 348 tonna, Surxondaryodan 289 tonna, Farg‘onadan 213 tonna, Jizzaxdan 203 tonna, Sirdaryodan 184 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokistondan 55 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–12-iyul kunlari jami 103,9 tonna, shu jumladan, 88,7 tonna mol go‘shti va 15,2 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati