Sirdaryo viloyati misolida yanvar-iyun oylari uchun hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

06/07/2022 - 09:24 2626

Sirdaryo viloyati misolida yanvar-iyun oylari uchun hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

Batafsil ma'lumotlar uchun: +99894 585 57 77 (Sirdaryo viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarma boshlig'i o'rinbosari)

#hokimyordamchilari #Sirdaryoviloyati #daydjest

Sirdaryo viloyatida 236 nafar hokim yordamchilari va ularga amaliy ko‘mak berish uchun vazirlik va idoralardan biriktirilgan 14 nafar rahbar-xodimlar o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.

Hokim yordamchilari tomonidan bugungi kunda 166,7 mingta  (reja 166,6 ming ta) xonadonlar 100 foiz to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, 4 ta toifaga ajratib olingan. Jumladan:

birinchi toifa - daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 9,5 foiz (15,8 ming);'

ikkinchi toifa - doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 55,5 foiz (92,5 ming);

uchinchi toifa - ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan xonadonlar 6,0 foiz (9,9 ming);

to‘rtinchi toifa - iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar 29,0 foizni (48,4 ming) tashkil etmoqda.

Dastlabki xatlov natijalariga ko‘ra: 

7,9 ming nafar fuqarolar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish; 

3,7 ming nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish; 

11,4 ming nafari kredit olish, 0,8 ming nafar aholi kooperatsiya asosida ishlash istagini bildirgan.

O‘tgan yanvar-may oylari davomida: 

1. Viloyat bo‘yicha 5023 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 151,7 mlrd so‘mlik kredit ajratildi.

2. Umumiy maydoni 3,8 ming gektardan bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish maqsadida 8163 ta lotlarga bo‘linib, auksionga qo‘yildi. 

Shundan auksion natijasiga ko‘ra, bugungi kunda 3088 gektari 6297 nafar fuqarolarga ajratildi. Ajratilgan yer maydonlari har bir ishtirokchi tanlov g‘oliblariga o‘rtacha 0,49 gektardan to‘g‘ri keladi. 

    Misol uchun: Yangiyer shahrida 2 nafar kishi – 1 ga, Boyovut tumanida 715 nafar kishi – 345ga, Guliston tumanida 699 nafar kishi – 359 ga, Mirzaobod tumanida 802 nafar kishi – 446 ga, Oqoltin tumanida 566 nafar kishi – 293 ga, Sardoba tumanida 994 nafar kishi – 536 ga, Sayxunobod tumanida 1164 nafar kishi – 573 ga, Sirdaryo tumanida 742 nafar kishi – 214 ga va Xovos tumanida 614 nafar kishi – 316 gani tashkil etadi. 

3. Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga 4405 nafar fuqarolar yo‘naltirilib, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qitilmoqda.

4. Viloyatda jami 3083 ta shundan, 1864 ta yuridik va 1219 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

5. Viloyatda 25329 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Shundan 5811 nafari doimiy ish joylariga, 5473 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 14045 nafari o‘zini o‘zi band qilish orqali ish bilan ta’minlandi.

6. Viloyatda 1008 nafar fuqarolarga tavsiyanoma asosida 2,0 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratildi. Shundan, 183 nafariga asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilishga, 261 nafariga tomorqa yer egalari sifatida ishni boshlashga, 198 nafariga kooperativ a’zolari sifatida ishni boshlashga, 40 nafariga tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish va 168 nafariga malaka oshirishga sarflanadigan xarajatlarini qoplashga hamda 158 nafariga “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badalini qoplashga zarur subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati