Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vakillari bilan uchrashuv
01/07/2022 - 19:23 3090
Joriy yilning 30-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Osiyo infratuzilma investitsiyalar bankining infratuzilma loyihalarini amalga oshirish departamenti bosh direktori Supi Teravanintorn xonim boshchiligidagi ”Respublika bo‘ylab infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, jumladan, maxsus iqtisodiy, kichik va yoshlar sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini muhokama qilish yuzasidan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son qaroriga kiritilgan. Qarorda mazkur loyihani Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining 200,0 mln АQSH dollari qarz mablag‘lari ishtirokida amalga oshirish belgilab berilgan.

Mazkur uchrashuvda investitsiya operatsiyalari bo‘yicha katta mutaxassis Mehek Marvaxa xonim va xususiy sektor operatsiyalari bo‘yicha mutaxassis Igor Popkov, Budjetdan tashqari manbalar hisobidan loyihalarni shakllantirish va tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i - Аkmalbek Аllabergenov hamda Budjetdan tashqari manbalar hisobidan loyihalarni shakllantirish va tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Turayevlar qatnashdi.

Uchrashuvda loyiha konsepsiyasi, amalga oshirish mexanizmlari va o‘z muddatlarida ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun doimiy aloqada bo‘lishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati