Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vakillari bilan uchrashuv

01/07/2022 - 19:23 3092

Joriy yilning 30-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Osiyo infratuzilma investitsiyalar bankining infratuzilma loyihalarini amalga oshirish departamenti bosh direktori Supi Teravanintorn xonim boshchiligidagi ”Respublika bo‘ylab infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, jumladan, maxsus iqtisodiy, kichik va yoshlar sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini muhokama qilish yuzasidan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ”Ozbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga moljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish togrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son qaroriga kiritilgan. Qarorda mazkur loyihani Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining 200,0 mln АQSH dollari qarz mablaglari ishtirokida amalga oshirish belgilab berilgan.

Mazkur uchrashuvda investitsiya operatsiyalari bo‘yicha katta mutaxassis Mehek Marvaxa xonim va xususiy sektor operatsiyalari bo‘yicha mutaxassis Igor Popkov, Budjetdan tashqari manbalar hisobidan loyihalarni shakllantirish va tahlil qilish boshqarmasi boshligi - Аkmalbek Аllabergenov hamda Budjetdan tashqari manbalar hisobidan loyihalarni shakllantirish va tahlil qilish boshqarmasi boshligi orinbosari Bahodir Turayevlar qatnashdi.

Uchrashuvda loyiha konsepsiyasi, amalga oshirish mexanizmlari va o‘z muddatlarida ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun doimiy aloqada bo‘lishga kelishib oldilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati