MA’NAVIY HAYOTIMIZDAN BIR KUN
28/06/2022 - 10:19 2733
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu esa xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish barobarida ularning ma’naviy yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 25-iyun kuni vazirlikning bir guruh xodimlari O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan “Arshin mal alan” musiqali komediyasiga tashrif buyurishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, “Arshin mal alan” spektakli Ozarbayjon xalq artisti Uzeir Gadjibekov tomonidan yozilgan. Uzeir Gadjibekov Ozarbayjon xalqi madaniyati va san’ati rivojiga ulkan hissa qо‘shgan insondir. U о‘z zamonasining yetuk musiqashunos olimi, bastakori, bir sо‘z bilan aytganda, san’at fidoyisi edi. Ayniqsa, Uzeir Gadjibekovning nomi san’at muxlislariga “Arshin mal alan” asari orqali yaxshi tanish. Yuzlab tillarda sahna yuzini kо‘rgan va barcha xalqlarga birday manzur bо‘lgan bu asar mavzu jihatdan umuminsoniy muhabbatni madh etgan.

O‘zbek Milliy akademik drama teatri san’atkorlari tomonidan mahorat bilan ijro etgan ushbu spektakl tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Vazirligimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi bu kun o‘zgacha shukuhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Ma’naviyat va ma’rifat kengashi,
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi,
Axborot xizmati