“Berlin Economics” kompaniyasi vakili bilan uchrashuv

14/06/2022 - 18:16 3502

Joriy yilning 14-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarovning “Berlin Economics” kompaniyasi vakili va maslahatchisi Voldemar Valter bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

        Berlin Economics - tadqiqotlarga yo‘naltirilgan kompaniya hisoblanib, 15 yildan ortiq hukumat konsaltinggiga ixtisoslashgan.

Uchrashuvda Mashinasozlik (uskunasozlik) va mudofaa sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shoyadbek Babayev hamda vazirlikning mas'ul xodimlari ham ishtirok etishdi.

        Kun tartibiga mamlakatda mashinasozlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari kiritildi.

        Uchrashuv avvalida O‘zbekiston tomoni mehmonlarni mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirib, ushbu amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha kutilayotgan natijalar haqida so‘zlab berdi.

        Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar mashinasozlik klasterini rivojlantirish konsepsiyasini birgalikda ishlab chiqish va uni tegishli yo‘l xaritasi bilan to‘ldirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida mehmonlar avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida zavodlarga yo‘l oldilar. Shuningdek, “Berlin Economics” kompaniyasi maslahatchisi tashrifi davomida “UzAvtomotors”, “Jizzax avtomobil zavodi”, “ADM Jizzax” kabi ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati