OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI
01/06/2022 - 18:16 3454
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2022-yil 1-iyundan–10-iyungacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
YOʻL-TRANSPORT VA MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
YOʻL-TRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI
Bosh mutaxassis vakant lavozimiga
Lavozimga qoʻyiladigan asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Transport va iqtisodiyot sohalarida oliy maʼlumotga ega boʻlish (magistratura);
- Transport sohada respublika darajasidagi vazirlik idoralarda (Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Avtomobil yoʻllar qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ) kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʻlish (rahbarlik lavozimidagi nomzodlar ijobiy baholanadi );
- Yoʻl-transport infratuzilmasi loyihalarni va raqamlarni tahlil qilish boʻyicha tajriba mavjudligi;
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
- Kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish;
- Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevarlik, fidoyi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlish;
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Yoʻl-transport sohasidagi korxonalarni faoliyatini tahlil qilish;
- Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni oʻrganib borish va vazirlikni tegishli boʻlinmalari bilan kelishish;
- Ommaviy axborot vositalar uchun tahliliy maʼlumot tayyorlash;
- Elektron hujjatlar aylanish tizimlari orqali kiritilgan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarish;
- Respublika hududlariga xizmat safarlariga chiqish.
NOOZIQ-OVQAT ISTEʼMOL TOVARLARINI ISHLAB CHIQARISHNI
VA SANOATNING YANGI YO‘NALISHLARINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
- Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiy, ishlab chiqarish va sanoat yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga, ishlab chiqarish yoki sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni, xususan sohani rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, to‘qimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika, zargarlik, mebel va charm yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Sanoat tarmoqlari yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan Sanoat tarmoqlarining dasturlarini o‘zaro bog‘liqligini taʼminlash mexanizmini amalga oshirish;
- Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qaror loyihalarini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshirish;
- Masʼul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda hamkorlik qilish;
- Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Sanoat sohalariga investitsiya loyihalarini keng jalb etilishi bilan bog‘lagan holda mahsulot ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda hamda respublika iqtisodiyoti va sanoatining ko‘p tarmoqli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Tarmoq yo‘nalishlari doirasida doimiy ravishda maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini taʼminlash.
- Qurilish materiallari sanoatini va yangi yo‘nalishdagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiy, ishlab chiqarish va sanoat yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga, ishlab chiqarish yoki sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni, xususan sohani rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, qurilish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Sanoat tarmoqlari yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- Sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, qurilish materiallari sanoati va yangi yo‘nalishdagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlar loyihalariga takliflarni ishlab chiqish;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Sanoat tarmoqlari yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qaror loyihalarini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshirish;
- Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Tarmoq yo‘nalishlari doirasida doimiy ravishda maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini taʼminlash.
- Xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
- Ichki va tashqi bozorda yuqori talabli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va taqdim etishni taʼminlash;
- Davlat xaridlari shaffofligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha zaruriy choralarni tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirish.