Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
11/05/2022 - 11:08 3114
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida" 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son Farmoniga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati negizida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga asosan esa Agentlik vazifa va funksiyalari hamda tarkibiy tuzilmasi tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: