OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI
06/05/2022 - 12:04 4230
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2022-yil 5-maydan 14-maygacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy kabineti yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI
Strategik rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish hamda
uzoq muddatli o‘sish omillarini tahlil qilish boshqarmasi
Bosh mutaxassis
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga (magistr diplomiga ega bo‘lgan, xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar ijobiy baholanadi), soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hamda investitsion faoliyat yo‘nalishidagi maʼlumotlarni bazaviy tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilishva buning asosida tahliliy maʼlumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- O‘zbek, rus va ingliz (xorijiy tilni o‘zlashtirish darajasi sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ijobiy baholanadi) tillarini mukammal darajada bilishi;
- Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini (STATA, R, yoki EViews) iqtisodiyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilish;
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olishi.
- Halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
Vazifalar:
- Makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va doimiy tahlilini yuritishda ishtirok etish.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda ishtirok etish.
- Iqtisodiyotning real, fiskal, monetar va tashqi sektorlar holati bo‘yicha doimiy tahlili yuritish hamda takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish orqali makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda ishtirok etish.
- Xalqaro tajriba asosida makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish orqali qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Xalqaro tashkilotlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda ishlashda ishtirok etish.
- Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash.
- Boshqarmaga tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borishda ishtirok etish.
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qaror va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.
XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HUDUDLARNING MASTER-REJALARINI ISHLAB CHIQISHNI MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI
Hududlarda xizmatlarni rivojlantirish konsepsiyalari va master-rejalari metodologiyasini ishlab chiqish boshqarmasi
Bosh mutaxassis
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishida kamida 5 yillik ish stajiga ega hamda rahbar lavozimlarda ishlagan nomzodlar ijobiy baholanadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududlarida xizmatlar sohasini rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi.
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha strategiya va dasturlar hamda hududlar master-rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
- Hududlarning master-rejalariga muvofiq xizmat ko‘rsatish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish, ushbu jarayonlarda vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning mavjud bo‘lishi.
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyatli bo‘lish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish.
- O‘zbek, rus va ingliz (xorijiy tilni o‘zlashtirish darajasi sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ijobiy baholanadi) tillarini mukammal darajada bilishi;
- Hududlarni rivojlantirish yo‘nalishida xorijiy davlatlarda amaliyot o‘tagan va malaka oshirgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Hududlarni rivojlantirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy monitoring qilib borish.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va takliflar berish;
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya/konsepsiyalarini xizmat ko‘rsatish va IT sohalariga bog‘liq holda ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda master-reja mexanizmidan foydalanish.
- Hududlarning master-rejalariga muvofiq xizmat ko‘rsatish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish, ushbu jarayonlarda vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
- Mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodologik ko‘mak berish, mahalliy hokimliklar va tijorat banklari bilan hamkorlikda hududlarda xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish.
- Hududlarni rivojlantirish, jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirish, tumanlar va shaharlar iqtisodiyotida “O‘sish nuqtalar”ni aniqlash bo‘yicha uslubiy va amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish.
XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Savdo va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, bank va moliya bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, ushbu sohalarda, jumladan, xizmatlar yo‘nalishida 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
- Departament faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda statistik ma’lumotlarni tahlil qila olish ko‘nikma va tajribasiga ega bo‘lishi;
- Hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish imkoniyatlari hamda ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- 4. Shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi;
(IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).
Vazifalar:
- Mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishini tahlil qilish hamda soha rivojlanishining holati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
- Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va prognozlash hamda rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqadi;
- Xizmatlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, qonunchilik asosini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- Vakolat doirasida xizmatlar sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
- 4. Davlat statistika organlari bilan birgalikda xizmatlar sohasidagi statistik va tahliliy ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi.