AQSh Kongressi vakillari (stafferlar) bilan uchrashuv
13/04/2022 - 16:49 3222
Joriy yilning 11-aprel kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti jamg‘armasining bosh vitse prezidenti Peter Yeo va UNICEFning O‘zbekistondagi vakili v.b. Munir Mammadzoda boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari Senatorlarining yordamchilari (stafferlari), Palatasining vakillari, tashqi aloqa qo‘mitasi tahlilchisi, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxadjayev, Kambag‘allikni qisqartirish siyosatini yuritish departamenti direktori o‘rinbosari Sobir Xayitmuradov, Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish departamenti direktori Shuhrat Matkarimov, Inson kapitalini rivojlantirish departamenti direktori Azamat Davletyarov va vazirlikning boshqa mas’ul vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida, tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik, milliy barqaror rivojlanish maqsadlari, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish hamda bozor islohotlariga erishish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tomonlar aholi, ayniqsa ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash, bunda ta’lim va malaka oshirish tizimlarining ahamiyati, bugungi kundagi global iqtisodiy vaziyat hamda uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish, oziq-ovqat havfsizligi bo‘yicha fikrlar almashildi.
Uchrashuv so‘ngida, tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati