ISH YURITISHDA LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN OʻZBEK ALIFBOSI

09/04/2022 - 11:49 2072

Xalqimizda, Vatanga muhabbat ona tiliga  mehr qoʻyishdan boshlanadi, degan maqol bor. Bu bejiz emas, albatta. Maʼlumki, soʻnggi yillarda yurtimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish yoʻnalishida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich va toʻliq oʻtish jarayonlari jadal davom etmoqda.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida ham bu borada amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, vazirlikda Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash boʻlimi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi etib, oʻzbek adabiy tilini saqlash, yaxlit til siyosatini shakllantirish, uning meʼyorlari va qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish hamda hujjatlarni lotin yozuvida toʻgʻri yozilishini taʼminlash belgilandi. Sohaga oid oʻquv-seminarlar va ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, amaliyotimizda Lotin alifbosini mukammal oʻrganish bilan bogʻliq masalalarda koʻpgina noaniqliklarga duch kelmoqdamiz. Xususan, ish jarayonida koʻp qoʻllanadigan soʻzlar, ularning yozilishi va usullari, hujjatlarda qayta takrorlanadigan xatoliklarning oldini olish shular jumlasidandir. Mazkur va boshqa hayotiy zarur savollarga javob topish maqsadida vazirligimizda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining filologiya fanlari doktori, professor Yorqinjon Odilov ishtirokida oʻquv-seminarlar tashkil etildi. U ikki bosqichda boʻlib, birinchi bosqichda bevosita nomi yuqorida tilga olingan boʻlim xodimlari ish faoliyatida duch keladigan turli noaniqliklar hamda  qiziqtirgan savollariga javob olishadi, fikr-mulohazalari bilan oʻzaro oʻrtoqlashishadi. Ikkinchi bosqich esa, Markaziy apparat xodimlarining lotin tilining bilish salohiyatini yuksaltirish hisoblanadi. Bunday amaliy treninglar joriy yilning mart oyidan boshlab, haftada ikki marotaba muntazam ravishda oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.

 

Gulruh BOTIROVA,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

 Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash boʻlimi xodimi