Jahon banki vakillari bilan uchrashuv
05/04/2022 - 11:49 3752
Joriy yilning 4-aprel kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norkulov va Jahon banki Guruhining katta transport iqtisodchisi Viktor Aragones o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Jahon banki Guruhi transport mutaxassisi Mansur Bustoni va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxadjayev, Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Narimov va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar transportning ahamiyati, temir yo‘l tizimi, rivojlangan davlatlarning tajribasi, raqamlashtirish, temir yo‘l orqali yo‘lovchi va yuk tashish hamda infratuzilmalarga to‘xtalib o‘tishdi.
Bundan tashqari, mehmonlar elektrik transportlar, ularning quvvat manbai, quyosh panellar hamda ularga yashil yechim topish yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekistondagi transport va havo yo‘llari tizimlari, rivojlangan davlatlar transport tizimini tashkil etishdagi tajribasidan mamlakatimizda foydalanish, ularning afzalliklari hamda xususiylashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Uchrashuv so‘ngida, mehmonlar O‘zbekistonda transport tizimini yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati