Namangan viloyati misolida 15-mart holati uchun hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

31/03/2022 - 12:17 3046

780 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.

Shahar va tumanlardagi hokim yordamchilari tomonidan
518,6 ming ta
 (100 foiz) xonadon xatlovdan o‘tkazilib, so‘rovnoma 
www.online-mahalla.uz
 - platformasiga kiritildi, xonadonlar 4 toifaga ajratildi:

  • birinchi toifa – daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 12,4 foiz (64,2 ming);
  • ikkinchi toifa – doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 53,8 foiz (278,9 ming);
  • uchinchi toifa – ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan xonadonlar 6,4 foiz (33,0 ming);
  • to‘rtinchi toifa – iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar 
    28,2 foiz
    ni (146,2 ming) tashkil etmoqda.

Mazkur platforma orqali 4 712 nafar fuqaroga 99,78 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratish uchun tavsiyanomalar berilib, shundan 617 nafar fuqaroga 
12,61
 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan.

Joriy yilning shu kuniga qadar “Golden egg of Namangan” MCHJ taʼminotchiligi asosida 110,7 ming bosh parrandalar (umumiy qiymati 9,8 mlrd so‘m
152,5
 tonna  ozuqa va 122 dona qafaslar bilan birgalikda 1249 ta xonadonlarga
yetkazib berilgan.

Shahar va tumanlarda 55 538 nafar aholining bandligi taʼminlanib, shundan:

  • 6 533 nafari doimiy ishga joylashtirilgan bo‘lsa;
  • 1 908 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlari;
  • 23 014 nafari o‘zini-o‘zi band qilish, 571 nafari xizmat ko‘rsatish;
  • 32 239 nafari yer berish orqali;
  •  1 215 nafari oilaviy tadbirkorlik dasturida;
  •  1 250 nafari kooperatsiya tashkil etish hisobiga;
  • 833 nafari hunarmandchilikka jalb etish orqali bandligi taʼminlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarori talablari dehqon xo‘jaligini yuritish uchun www.e-auksion.uz tizimiga viloyatdan 
44 038
 ta lotlar (5 257 gektar) kiritilgan bo‘lib, shundan ehtiyojmand fuqarolar tomonidan onlayn tanlov orqali 3 835 gektar (32 289 ta lot) yer uchastkalari ajratib berilgan.

Hokim yordamchilari tomonidan shahar va tumanlar kesimida umumiy loyiha qiymati 86,5 mlrd so‘mlik 80 ta loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, joriy yilning 3-mart holatiga 2 ta loyihaga 2,6 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratib berilgan va 56 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati