Sirdaryo viloyati misolida fevral oyi uchun hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

28/03/2022 - 18:02 2889

Hozirga qadar 165 ming 304 ta xonadonlardan 144 ming 487 tasida (87,4%) xatlov o‘tkazildi.

Xatlov natijalariga ko‘ra:

66 ming 264 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlandi. 

Bulardan, 

  • 18 ming 737 nafar fuqaro ishlash istagi borligi;
  • 2 ming 199 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qimoqchi ekanligi;
  • 6 ming 514 nafarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xohishi borligi aniqlandi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish istagini bildirgan 2 ming 171 ta subyektlarning 78,6 mlrd so‘m kreditga ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, 

  • 13 nafar fuqaro kooperatsiya asosida ishlashga; 
  • 171 nafar fuqaro subsidiya asosida issiqxona tashkil etishga;
  • 236 nafar fuqaro boshqa yo‘nalishlarda daromadga ega bo‘lish; 
  • 483 ta xonadon vakillari 241,5 gektar yer maydoni olish istagi borligini bildirdi.

Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:

  • 18 ming 737 nafar fuqarodan 8 ming 184 nafarining bandligi ta’minlandi;
  • 932 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilmoqda;
  • 2 ming 171 nafar fuqarolarga kredit mablag‘lari ajratish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda; 
  • hozirda 802 nafar fuqarolarga 28 mlrd 181 mln so‘m mablag‘ ajratildi;
  • Boshqa yo‘nalishda daromadga ega bo‘lish istagi bor 1 ming 514 nafar fuqarolar bilan ishlar olib borilmoqda;
  • 630 ta yer olish istagida bo‘lgan xonadon vakiliga “e-ijara.uz” sayti orqali yer olishda ko‘maklashilmoqda.

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati