Navoiy viloyati misolida fevral oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

17/03/2022 - 19:27 2870

Navoiy viloyati misolida fevral oyi uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest

Batafsil ma'lumotlar uchun: +998 97 322 77 79 (Navoiy viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi)

#hokimyordamchilari #Navoiyviloyati #daydjest

330 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.

224 ming 333 ta xonadonlarning 221 ming 263 tasi (97,2 foizi) xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.

14 577 ta xonadon birinchi toifaga (daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishda harakat qilayotgan xonadonlar, 7 foiz);

90 841 ta xonadon ikkinchi toifa (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar, 6 foiz);

14 083 ta xonadon uchinchi toifaga (nogironligi va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar, 41 foiz); 

101 762 ta xonadon to‘rtinchi toifaga (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar, 46 foiz) kiritildi.

Xatlovlar natijalariga ko‘ra: 

“Onlayn-mahalla” platformasiga 193 ming 370 ta xonadon (84 foiz) kiritilgan.

Aholi xonadonlaridan 101 ming 231 ta turli muammo va takliflar aniqlangan.

Shuningdek,

  • 48 ming 786 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar;
  • 16 ming 426 nafar ishlash istagi mavjud mehnatga layoqatli ishsizlar;
  • 2 ming 647 nafar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud fuqarolar;
  • 6 ming 758 nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar;
  • 11 ming 130 nafar kredit olishga istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 475 nafar kooperatsiya asosida ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar;
  • 15 ming 9 nafar nogironligi mavjud xonadon a’zolari aniqlangan.

 

Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan:

Mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 21 ming 589 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Xususan,

- 3 ming 26 nafar fuqaro tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirildi;

- 5 ming 363 nafar fuqaro o‘zinio‘zi band qilishiga ko‘maklashildi;

- 2 ming 62 nafar fuqaro dehqon xo‘jaliklari faoliyati bilan band qilindi;

- 1 ming 107 nafar fuqaro hunarmandchilik uyushmasiga a’zo qilindi;

- 1 ming 153 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;

- 47 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga ishga yuborildi (shartnoma asosida);

- 3 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqasi orqali band qilindi;

- 1 ming 816 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga jalb qilishdi;

- 2 ming 198 nafar fuqaro boshqa sohalarda ishga jalb etildi.

Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud 2 ming 647 nafar fuqarodan 2 ming 257 nafari

  • Bandlik boshqarmasi; 
  • Savdo-sanoat palatasi;
  • Tadbirkorlik asoslari maktabi;
  • Oliy biznes maktabi;
  • nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitilmoqda. 

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyat uchun jami 540 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.

Bugungi kunda 4 ming 442 ta fuqaroga 127,5 mlrd so‘mlik imtyozli kredit mablag‘lari uchun ijobiy xulosalar berilgan.

Shundan, 

Tijorat banklari tomonidan 1 ming 442 ta fuqaroga 44,1 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari chiqarilgan.

Paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida 4 ming 890 gektar yer maydonlari 21 764 ta lotlarga ajratilib, “e-auksion” tizimi orqali sotish belgilangan.

Hozir kunda, 

3 ming 79 gektar yer maydoni 14 ming 472 ta lotlarga (66 foiz) ajratilib, auksion savdolariga quyilgan.

2 ming 62 ta lotlarga ajratilgan 416 gektar yer maydonlari (14 foiz) aholi xonadonlari tomonidan “e-auksion” tizimi orqali sotib olinib, poliz mahsulotlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat bo‘yicha jami 81 ming 237 bosh parranda, qo‘y, echki, quyon va asalari uyasi aholi xonadonlariga tarqatildi.

Jumladan,

  • 114 ming bosh parranda tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 70 ming 087 bosh (63 foiz) tarqatilgan;
  • 8 ming 167 bosh quy va echki tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 8 ming 488 bosh (103 foiz) tarqatilgan;
  • 2 ming 683 bosh quyon tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 2 ming 186 bosh (82 foiz) tarqatilgan;
  • 1 ming 330 ta asalari uyasi tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda 476 ta (36 foiz) tarqatilgan.

Joriy yilda 4 ming 604 ta kichik biznes sub’ektlarini tashkil etish belgilangan. 

Bugungi kunda: 

  • 614 ta (13 foiz) yangidan kichik biznes va 468 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
  • 1 ming 842 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi ta’minlandi hamda 320 mln so‘m soliq to‘lovlari kelib tushdi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati