OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E'LON QILADI
16/03/2022 - 14:54 4053
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E'LON QILADI
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2022-yil 16-martdan 25-martgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy kabineti yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA HUDUDLARNING MASTER-REJALARINI ISHLAB CHIQISHNI MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI
Departament direktori – vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega, vazirlik va idoralarda mamlakatni, jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishida kamida 10 yillik ish stajiga ega hamda hozirda rahbar lavozimida ishlayotgan boʻlishi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududlarini rivojlantirish yoʻnalishida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash koʻnikmasining mavjudligi.
- Hududlarni rivojlantirish, shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirish borasida uslubiy va amaliy qoʻllanmalar, strategiya va dasturlar hamda hududlar master-rejalarini va bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi.
- Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishda ilgʻor xorijiy tajribani Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash boʻyicha koʻnikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi.
- Hududlar iqtisodiyotini kompleks tahlil qilish asosida xizmat koʻrsatish yoʻnalishida “oʻsish nuqta”larini va ixtisoslashuvini aniqlash hamda ularni amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish koʻnikmasining mavjudligi.
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi, iqtisodiyotda xizmatlar sohasining oʻrnini baholash va tahlil qilish hamda uni hududlarda rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish koʻnikmasiga ega boʻlishi.
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyatli boʻlish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish.
- Oʻzbek tilini mukammal va chet tillarini yuqori darajada bilgan, hududiy iqtisodiyot yoʻnalishida ilmiy darajaga ega, xorijiy davlatlarda amaliyot oʻtagan va malaka oshirgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish sohasi, jumladan, master-rejalar ishlab chiqish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy monitoring qilib borish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, Respublika hududlarini rivojlantirish yoʻnalishida, shuningdek, xizmatlar sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar berish;
- Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda hududlarning xizmat koʻrsatish sohasidagi ixtisoslashuvini aniqlash, salohiyatini baholash, “oʻsish nuqta”larini aniqlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- Hududlarning ixtisoslashuvi va salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy ekspertlar koʻmagida xizmat koʻrsatish boʻyicha hududlarning konsepsiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish metodologiyasini shakllantirish;
- Xorijiy ekspertlar koʻmagida tuman va shaharlarda xizmatlarni rivojlantirishning konsepsiyalari hamda master-rejalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
- Hududlar iqtisodiyotini kompleks tahlil qilish va ularni rivojlantirish va ularni amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- Hududlarning master-rejalari asosida infratuzilma va xizmat koʻrsatish loyihalari hamda dasturlarini shakllantirishga koʻmaklashish;
- Mahalliy hokimliklar va tijorat banklari bilan hamkorlikda hududlarda xizmat koʻrsatish loyihalarini amalga oshirish;
- Hududlarni rivojlantirish, jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha uslubiy va amaliy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
- Hududlarda xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodologik koʻmak berish.